Javohir Aliqulov (1997-yil 3-sentabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para taekvondochi. 2018-yildan buyon para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi.

Tarjimai holi Javohir Aliqulov Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Murabbiyi — Timur Sobirov.

Faoliyati 2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida -70 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2023-yil Meksikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medal sovrindoriga aylangan.

2024-yilning 1—6-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Chxunchxon shahrida boʻlib oʻtgan para taekvondo bo‘yicha xalqaro ochiq chempionatda -70 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan.

Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga koʻra -70 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston para-taekvondochilari