Zuxriddin Toxirov (2002-yil 17-iyunda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para taekvondochi. 2018-yildan buyon para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi.

Faoliyati Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

2023-yil Fransiyada boʻlib oʻtgan ochiq chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2024-yilning 16—21-may kunlari Vietnamning Danang shahrida boʻlib oʻtgan para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida -63 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan.

Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga koʻra -63 kg vazn toifasida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Murabbiyi — Timur Sobirov.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston para-taekvondochilari