Abu al-Hasan ash-Shadiliy maqbarasi, shuningdek, Qutbul Akbar Imom Shadiliy dargohi () nomi bilan ham tanilgan – islomiy masjid va maqbara. Maqbara shadiylik soʻfiylik tariqatining asoschisi Abu al-Hasan ash-Shadiliyga (1258-yilda vafot etgan) atab qurilgan. U Misrning Qizil dengiz gubernatorligidagi Humaythara hududida joylashgan.

Tarixi thumb|Abul Hasan Shadiliy qabri Diniy majmua Humaitharada qurilgan. Abu al-Hasan ash-Shadiliy vafotidan keyin qabr shu yerdaligi sababli bu hudud Shayx Shazli deb atalgan. Maqbara 13-asr oxiridan keyin qabrni ziyorat qiluvchi koʻp sonli ziyoratchilarni oʻziga sigʻdira olishi uchun kengaytirilgan. 21-asrda Vaqf vazirligi masjid tashkil etib, unga maqbara eshigi yaqinidan kirish yoʻli ochgan. Masjid binosiga sanitariya inshootlari ham biriktirilganhttps://gate.ahram.org.eg/News/3476306.aspx. Shuningdek, Qur’on yod oluvchilar uchun madrasa, masjid shayxi va madrasa mudarrislari uchun vaqtinchalik turar joy ham tashkil etilgan.

Humaythara qudugʻi Diniy majmua tashqarisida quduq bor, mahalliy urf-odatlarga koʻra, Ash-Shadiliy oʻlimidan bir kun oldin oʻziga shu quduqdan olib suv quygan. Bu quduq suvi isteʼmol qilish uchun yaroqli boʻlib, atrofdagi qishloqlar uchun ham toza suv manbai hisoblanadi.

Yana qarang

Misrdagi masjidlar roʻyxati Manbalar

Turkum:Misrdagi maqbaralar Turkum:Soʻfiylik ziyoratgohlari Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Qizil dengiz muhofazasi