2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari () jahon tarixida XV Yozgi Paralimpiada oʻyini boʻlib, 2016-yil 7-18-sentyabr kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan boshqariladigan nogironligi boʻlgan sportchilar uchun koʻp toifali yirik xalqaro tadbir sifatida oʻtkazilgan. Birinchi marotaba Lotin Amerikasi va Janubiy Amerika shaharlari mazkur tadbirga mezbonlik qilgan, Janubiy yarimshar mamlakatlaridan esa bu Paralimpiada ikkinchi boʻlgan (birinchisi 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiada oʻyinlari). Shuningdek, birinchi marta lusofon (portugal tilida soʻzlashuvchi) mamlakati bu oʻyinlarga mezbonlik qilgan. Ushbu oʻyinlarda Paralimpiada dasturiga ikkita yangi sport turi kiritilgan: kanoeda eshkak eshish va paratriatlon musobaqalari.
Ushbu Paralimpiada oʻyinlari oldidan homiylarning past qiziqishi va chiptalar sotuvi bilan bogʻliq moliyaviy kamchiliklar yuzaga kelgan, buning natijasida koʻngilli xodimlar va transport soni qisqartirilgan. Tadbirlar oʻtkaziladigan joyning oʻzgarishi va Deodoro oʻtkaziladigan klasterning qisman dekonstruksiya qilishga toʻgʻri kelgan. Biroq, Oʻyinlar vaqti yaqinlashgani sari chiptalar sotuvi ortib borgan va jami ikki milliondan ortiq chiptalar sotilgan. Bu koʻrsatkich Pekin 2008 Paralimpiada oʻyinlari rekordini yangilagan.
Eron va Suriyadan kelgan ikki qochqindan iborat qochqinlar Paralimpiada terma jamoasi ilk marta bu oʻyinlarda ishtirok etgan. Ketma-ket toʻrtinchi marta Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Xitoy 107 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, medallar jadvalida birinchi oʻrinni egallagan. Buyuk Britaniya va Ukraina ikkinchi oʻrinda, Gruziya, Qozogʻiston, Malayziya, Oʻzbekiston va Vetnam esa Paralimpiyaada oʻyinlari tarixidagi ilk oltin medallarini qoʻlga kiritgan. Paralimpiada tarixida birinchi marta va 1960-yildan beri oʻtkazilgan barcha Olimpiada oʻyinlarida ilk marotaba sportchi musobaqa vaqtida vafot etgan. Bu eronlik velosipedchi Bahman Golbarnezhad edi.
Tender jarayoni Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi oʻrtasida 2001-yilda tashkil etilgan rasmiy kelishuv doirasida 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga daʼvogar gʻolib 2016-yilgi Yozgi Paralimpida oʻyinlariga ham mezbonlik qilishi kerak boʻlgan. 2009-yil 2-oktabrda Kopengagenda boʻlib oʻtgan XOQning 121-sessiyasida uchinchi va yakuniy ovoz berish yakunlari boʻyicha 2016-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqi Rio-de-Janeyroga berilgan. 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari boʻyicha tanlov natijalariShaharNOC/NPC1-tur2-tur3-turRio-de-Janeyro264666Madrid282932Tokio2220—Chikago18——
Tayyorgarlik ishlari 2007-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Pan-Amerika oʻyinlari va Parapan-Amerika oʻyinlarisababli Rio ikkita tadbirni tashkil etish va Paralimpiada sport musobaqalarini oʻtkazish tajribasini yaxshilashga yordam bergan. Braziliya Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Andrew Parsons Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari uchun mas’ul boʻlgan tashkiliy jamoalar oʻzlarining tashkiliy vazifalariga nisbatan yaxshi munosabatlarni saqlab, „bir tilda gaplashishlarini“ taʼkidlagan. Parsons 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining tashkil etilishini yuqori baholagan va uning jamoasi Londondagi hamkasblaridan Rioda qoʻllanishi kerak boʻlgan saboqlarni olganliklarini maʼlum qilgan.
Musobaqalar oʻtkaziladigan asosiy hududlar right|thumb|Rio-de-Janeyro xaritasi 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun musobaqalar oʻtkaziladigan joylar koʻrsatilgan. right|thumb|Mario Andrada, Ser Philipp Craven va Craig Spence bilan 2016-yilgi Rio Paralimpiadasidagi matbuot anjumanida right|thumb|Nogironlar aravachasini taʼmirlash. Oʻyinlar davomida Ottobock texniklari 1162 nafar sportchi uchun 2745 ta nogironlik aravachasini, 438 ta protez va 178 ta ortopedni taʼmirlagan. right|thumb|Tennis arenasi Paralimpiada musobaqalari paytida. Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga rasmiy ravishda mezbon boʻlgan shaharlar odatdagidek, Paralimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadigan joylarni, 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oʻtkaziladigan joylar bilan teng miqdorda taqsimlangan. Barra da Tijuca koʻpgina musobaqalarga mezbonlik qilgan. Qolgan musobaqa oʻtkazilish hududlari Copacabana plyaji, Marakana va Deodoroda stadionida joylashgan. Barra da Tijucada sportchilar qishlogʻi tashkil etilgan.
Barra klasteri
Carioca Arena 1 – Nogironlar aravachasida basketbol, nogironlar aravachasida regbi Carioca Arena 2 – Bochcha Carioca Arena 3 – Dzyudo, nogironlar aravachasida qilichbozlik Future Arena – Golbol Olimpiya suv sporti stadioni – Suzish Olimpik tennis markazi – Koʻzi ojizlar uchun futbol, nogironlar aravachasida tennis Pontal Beach – Velopoyga (koʻcha bahslari) Riocentro – Pauerlifting, oʻtirgan voleybol, stol tennisi Rio Olimpiya arenasi – Nogironlar aravachasida basketbol Rio Olimpiya Velodromi – Velotrek
Deodoro klasteri
Milliy otishma markazi – Oʻq otish Milliy ot sporti markazi – Ot sporti Deodoro stadioni – 7 x 7 futbol
Marakana klasteri
Marakana stadioni – Ochilish va yopilish marosimlari Estádio Olímpico João Havelange – Yengil atletika Sambadrome Marques de Sapucaí – Kamondan otish
Capacabana klasteri
Fort Copacabana – Yengil atletika, triatlon va velopoyga (koʻcha bahslari) Marina da Gloria – Yelkanli kema sporti Lagoa Rodrigo de Freitas – Kanoe va eshkak eshish
Medallar right|thumb|Paralimpiada medallari va maskot Tom. 2016-yilgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari uchun medallar dizayni 2016-yil 14-iyun kuni taqdim etilgan; ular Casa da Moeda do Brasil tomonidan ishlab chiqarilgan. Bronza va kumush medallar 30% qayta ishlangan materiallarni oʻz ichiga oladi, oltin medallar esa simobdan foydalanmasdan qazib olingan oltindan foydalangan holda tayyorlangan. Paralimpiada medallarining old tomonida Paralimpiada gerbi va brayl yozuvida yozilgan, har bir medalda esa koʻrish imkoniyati cheklangan kishilar oʻz medalini chayqash orqali eshitib farqlay olishlari uchun har xil miqdordagi metall sharlardan foydalanilgan. Ularga yogʻochdan yasalgan medallarni saqlash uchun quti va medal rangiga mos keladigan soch bezaklaini taqqan Paralimpiada maskoti Tomning yumshoq oʻyinchogʻi medalga qoʻshimcha atribut sifatida taqdim etilgan.
Chiptalar savdosi 2016-yilgi Paralimpiada oʻyinlarining dastlabki moliyaviy muammolari, birinchi navbatda, chiptalar sotuvining sekinligi va aholi qiziqishining pastligi bilan bogʻliq boʻlgan. Garchi Paralimpiada chiptalari narxi eng arzon Olimpiada chiptalari narxining toʻrtdan bir qismiga toʻgʻri kelsa-da bu musobaqalar ishqibozlari topilmagan. Olimpiada davomida tashkilotchilarning taʼkidlashicha, 3,3 million chiptaning atigi 12 foizi sotilgan. Sentyabr oyining boshiga kelib, medallar oʻyinlariga chiptalarning faqatgina yarmi sotilgan.
2016-yil 23-avgust kuni 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining marketing boʻlimi boshligʻi boʻlgan Greg Nugent Twitterda „#FillTheSeats“ nomli loyiha boshlaydi. U oʼz foydalanuvchilarini mahalliy yoshlar va nogironlarni Paralimpiada oʻyinlarining chiptalari bilan taʼminlash uchun pul xayriya qilishga undaydi. Nugent loyihani 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari paytida musobaqalar oʻtkaziladigan joylarda koʻp sonli boʻsh oʻrindiqlar mavjudligini payqaganidan soʻng boshlagan. Britaniyaning Coldplay guruhi (2012-yilda yopilish marosimini oʻtkazgan) kabi taniqli shaxslar tomonidan loyiha maʼqullanganidan soʻng, 30-avgustgacha 15 000 AQSH dollaridan ortiq mablagʻ yigʻiladi. 2016-yil 31-avgustda IPC va Rio 2016 tashkiliy qoʻmitasi #FillTheSeats kampaniyasini rasman qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qiladi va 300,000 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni kerakli maqsadlar yoʻlida ishlatishini maʼlum qiladi. Jumladan, IPC bu 10 000 chiptani oziq-ovqat tarqatishga moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, braziliyalik olimlar va nogironlarga ochilish marosimida ishtirok etishlari uchun transport ham shu mablagʼalar hisobiga ajratilgan.
Qayta koʻrib chiqilgan chiptalar sotish strategiyasining bir qismi sifatida, tashkilotchilar 2,4 million chiptani yangi maqsadlar uchun sarflashni niyat qilib qoʻyishgan, eng arzon chiptalarning har biri 10 R$ (3 AQSh dollari) ga baholangan. Chiptalar savdosi boʻyicha direktor Donovan Ferretining The Guardian nashriga bergan intervyusida aytishicha, ochilish marosimidan oldingi soʻnggi kunlarda chiptalarga talab „soʻnggi daqiqa“ da kuchaya boshlagan. Uning tushuntirishicha, chiptalar „haqiqatan ham hamyonbop“ va „kino tomosha qilishdan koʻra arzonroq“ va bu tomoshabinlarga „yuqori koʻrsatkichli musobaqalar bilan ajoyib vaqt oʻtkazish va Olimpiada bogʻida ajoyib vaqt oʻtkazish“ imkonini bergan. Chiptalarning arzonligi Paralimpiada oʻyinlariga ishtirokchilarni, ayniqsa oilalarni jalb qilishga yordam bergan, sportchilar esa natijada koʻp sonli olomonning olqishi ostida stadionga chiqishgan .
Mashʼalani olib borish estafetasi Paralimpiada mash’alasi estafetasi Braziliyaning beshta mintaqasining har biridagi shahardaa beshta alohida alangalarni aylantirilib chiqilishi bilan boshlangan. Bu alangalar, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Stoke Mandeville shahrida yondirilgan oltinchi mashʼala bilan bitta Paralimpiada alangasini hosil qilish uchun birlashtirilib, 2016-yil 6 va 7-sentyabr kunlari ochilish marosimida Marakanaga Rio de-Janeyro orqali olib kirilgan.
Marshrut
Marketing
Emblema thumb|2016-yilgi yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari sharafiga chiqarilgan R$1 esdalik tangalari. 2016-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy emblemasi Braziliyaning Tatil Dizayn agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Unda yurak ichida koʻrsatilgan cheksizlik belgisi tasvirlangan boʻlib, bu belgi urib turgan yurakni va „toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun cheksiz energiya“ ni ifodalagan. IPC prezidenti Philipp Craven emblemani Paralimpiada harakatining „yuragi“ boʻlgan sportchilarning „qalbi“ ramzi sifatida taʼriflagan.
Olimpiada emblemasida boʻlgani kabi, Paralimpiada emblemasi ham ikki va uch oʻlchovli versiyalarda koʻrishga moslashtirilib ishlab chiqilgan. Ochilish paytida namoyish etilgan haykal ham huddi shunday ikki va uch oʻlchamda koʻrsatilgan.
Maskot 2016-yil 24-noyabrda 2016-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy maskotlari eʼlon qilingan, ularning ismlari Vinicius va Tom boʻlib, 2014-yil 14-dekabrda eʼlon qilingan ommaviy ovoz berish yoʻli bilan tanlangan. Paralimpiada maskoti Tomga braziliyalik musiqachi Tom Jobim nomi berilgan; u Braziliya florasini ifodalaydi va „har doim oʻsib boradi va toʻsiqlarni yengib oʻtadi“ shiori asnosida yaralgan. Maskotlar haqidagi oʻylab topilgan hikoyalarda aytilishicha, ularning ikkalasi ham Rio Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilishi eʼlon qilingandan keyin braziliyaliklarning quvonchidan tugʻilgan. Brend direktori Beth Lulaning taʼkidlashicha, talismanlar Braziliya madaniyati va xalqining xilma-xilligini aks ettirish uchun shunday koʻrinishda yaratilgan.
Oʻyinlar
Ochilish marosimi left|thumb|Ochilish marosimida Braziliya milliy madhiyasi yangrayotganda jonli Braziliya bayrogʻini shakllantirilgan. 2016-yil 7-sentyabr kuni kechqurun Marakana stadionida 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Bu kun Braziliya Mustaqillik kuniga toʻgʻri kelgan. „Todo Mundo tem um Coração“ („Hammaning yuragi bor“) mavzusi bilan marosimning badiiy qismlarida inklyuzivlik va Braziliya madaniyati mavzusidagi namoyishlar ketma-ket koʻrsatilgan. „Beyond Vision“ segmenti rassom va dizayner Marcelo Coelho tomonidan Muti Randolph prognozlari bilan yaratilgan.
Millatlar paradida Belarus rasmiysi oʻz delegatsiyasi bilan birga IPCning Rossiyani oʻyinlarda ishtirok etishini taqiqlash haqidagi qaroriga qarshilik sifatida Rossiya bayrogʻini koʻtarib chiqqan.