All Girls Are the Same – amerikalik sobiq reper Juice Wrldning debyut singli. Trek uning „Goodbye & Good Riddance“ albomining birinchi singli sifatida 2018-yilning 13-aprelida taqdim etilgan. Nick Mira tomonida yozilgan qoʻshiq Spotify platformasida bir milliard martadan ziyod strim qilingan. Bu Juice Wrldning milliardlik natijani qayd etgan „Lucid Dreams“dan keyingi ikkinchi treki. Qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida dastlab 92-oʻrinda boshlagan boʻlsa, keyinchalik 41-oʻringacha koʻtarilgan.

Mazmuni Qoʻshiqda Juice Wrld munosabat qurgan qizlar uning yuragini qay darajada parchalagani va ruhiy azoblar oqibatida reperning ichkilikka berilishi haqida kuylanadi.

Klipi Cole Bennett prodyuserlik qilgan qoʻshiqning klipi 2018-yilning 24-fevralida taqdim etilgan.

Chartlar

Haftalik chartlar Chart (2018–2024) Oʻrni Avstraliya (ARIA) 98 Gretsiya (IFPI) 69 Polsha (Polish Streaming Top 100) 100 Sweden Heatseeker (Sverigetopplistan) 3 AQSh Rolling Stone Top 100 35

Yillik chartlar Chart (2018) Oʻrni US Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 55

Manbalar

Turkum:2018-yil qoʻshiqlari Turkum:Juice Wrld qoʻshiqlari