Ismoil Haniya ()(1962/1963-yil 29-yanvar – 2024-yil 31-iyul) — Hamas yetakchisi, falastinlik siyosatchi. 2007–2024-yillarda Gʻazo sektorini boshqargan. U 2024-yil 31-iyulda Eronda o‘ldirilgan va to vafotigacha Qatarda istiqomat qilgan.
Hayoti Ismoil Abdusalom Haniya 1962-yil 29-yanvarda Gʻazo shahridan gʻarbdagi falastinlik qochqinlar lagerida tugʻilgan. Uning ota-onasi asli Ashkelonda istiqomat qilishgan boʻlib, 1948-yilgi Arab-Isroil urushi davrida qochoqqa aylanishgan. Haniya Gʻazo islom universitetida tahsil olgan. Shu vaqtlarda islom harakatiga aʼzo boʻlgan.
Dastlabki faolligi Haniya 1987-yilda universitetni tamomlab, birinchi intifadada qatnashgan. Hech qancha vaqt oʻtmasidan namoyishlardagi ishtiroki sababli Isroil tomonidan hibsga olingan va qisqa muddatga qamalgan. 1988-yilga kelib Hamas Gʻazodagi „asosiy qarshilik harakati“ boʻlib qoladi va shu vaqtda uni yana hibsga olishib, 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlanadi.
1989-yilda Isroil hukumati uni hibsga oladi va 3 yilga qamaydi. Muddat tugaganidan keyin u va Hamasning boshqa yetakchilari Abdul Aziz al-Rantisiy, Mahmud al-Zahar va guruhning boshqa 400 dan ortiq a’zolari bilan birgalikda Isroil va Livan orasidagi Marj al-Zuhurga oʻtkazilgan. Bu yerda yana bir yil qamoqda boʻlgan. 1993-yil dekabr oyida Haniya Gʻazoga qaytib, Gʻazo islom universitetida dekan boʻlib oʻz faoliyati boshlaydi.
Siyosiy faoliyati Hamas 1997-yilda Gʻazoga qaytib, Hamasning diniy rahnamosi Ahmad Yosinning oʻng qoʻli va kotibi boʻlib olgan.
Falastin bosh vaziri 2006-yilda Hamas Gʻazodagi saylovda gʻalaba qozonadi. Hamas nomzodlari Falastin qonunchilik kengashidagi 132 oʻrindan 76 tasini qoʻlga kiritadi. 16-fevralda Hamas tomonidan Haniya Falastin bosh vaziri lavozimiga tayinlanadi. U oʻz maʼmuriyati kun tartibini bayon qiladi va quyidagi fikrlarni aytadi:Bizning hukumat mintaqada adolatli tinchlikka erishish, okkupatsiyaga barham berish va huquqlarimizni tiklash uchun bor kuchini ayamaydi.Haniya bundan tashqari, AQSH va Yevropa Ittifoqi „agar Hamas zo‘ravonlikdan voz kechmasa va Isroilni tan olmasa, Falastin muxtoriyatini moliyalashtirishni to‘xtatish“ boʻyicha tahdidlarini bekor qilishga chaqirib, falastinliklar mustaqillik uchun kurashni davom ettirish huquqiga ega ekanligini va shu mojaroni hal qilish uchun xalqaro vositachilikar bilan muzokaralar oʻtkazishni xohlashini taʼkidlaydi.
Lekin bir yildan keyin Falastin muxtoriyati prezidenti Mahmud Abbos maʼmuriyati tomonidan Haniyaning hukumati tarqatib yuborilgan. Hamas esa bu qarorni qonuniy emas deb eʼlon qilib, ishlashda davom etishadi va Gʻazo sektori ustidan toʻliq nazorat oʻrnatishadi. Hokimiyat uchun kurash atiga bir hafta davom etadi. Haniya FATH bilan sulh tuzishga bir necha bor urinadi, ammo kurash yakunida Mahmud Abbos rahbarligidagi FATH harakati Gʻazo sektoridan siqib chiqariladi.
Hamas siyosiy byurosi rahbari Haniya 2017-yil 6-mayda Hamas siyosiy byurosi rahbari etib saylanadi. Undan oldin ushbu vazifani Xolid Mashal bajargan. 2018-yilda AQSH uni terrorchi deb eʼlon qiladi va unga nisbatan sanksiyalar qoʻllaydi.
Shaxsiy va oilaviy hayoti Haniya oʻz amakivachchasi boʻlmish Amal Haniya bilan turmush qurgan. Ularning 13 nafar (8 oʻgʻil va 5 qiz) farzandi bor.
Isroil tomonidan oila a’zolarining o‘ldirilishi 2024-yil aprel oyida Haniyaning 3 nafar oʻgʻli va bir qancha nevarasi isroilliklar tomonidan oʻldirilgan. Isroil mudofaa armiyasi esa ularning barchasini Hamasning harbiy qanoti aʼzolari ekanligi bildirgan.
Maʼlumotlarga koʻra, uning yana bir oʻgʻli fevralda oʻldirilgan, akasi va boshqa bir qarindoshi esa oktyabrda va bir nevarasi noyabrda halok boʻlgan. U oʻz farzand-u nevaralarini „shahidlar“ degan va oila aʼzolarining vafoti Hamasning oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralardagi pozitsiyasi taʼsir koʻrsatmasligini aytib, quyidagicha soʻzlagan:Bizning talablarimiz aniq va ravshan, biz hech qanday yon bermaymiz. Dushman agar muzokaralarning avj pallasida va harakatimiz takliflarga o‘z javobini berishidan oldin mening o‘g‘illarimga hujum qilishi bizni pozitsiyamizni o‘zgartirishga undaydi, deb o‘ylasa adashadi.
Vafoti Haniya 2024-yil 31-iyunda Eronning Tehron shahridagi suiqasd natijasi vafot etadi. 1-avgust kuni Tehronda vidolashuv marosimi boʻlib oʻtgan va 2-avgust kuni Qatar poytaxti Doha shahrida janoza oʻqilib, dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:29-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Tehronda vafot etganlar Turkum:Eronda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar Turkum:Davlat arboblari __INDEKS__