Botir Nosirov (; 1985-yil 11-iyun, Qarshida tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi va futbol murabbiyi. Faoliyati davomida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Botir Qarshi futbol maktabi tarbiyalnuvchisi. Professional futboldagi faoliyatini Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2007-yildan Namanganning „Navbahor“ jamoasida faoliyatini boshlagan. Navbahor jamoasida 3 yil davomida faoliyat oli bordi va Oʻzbekiston Superligasida 27 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2010-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Oltin izlovchilar jamoasi tarkibida 2 yil davomida faoliyat olib borgan.

2011-yil mavsum qishki transferlar oynasida Namaganga, „Navbahor“ jamoasi qaytgan. Navbahor klubi raqobat sababli asosan zaxira darvozaboni sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yil „Buxoro“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Buxoro klubi tarkibida bir mavsum davomida oʻynagan va 10 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2014-yilgi mavsumda bir necha yillik tanafusdan soʻng Qashqadaryoga qaytgan va Muborakning „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Muborakliklar jamoa safida 7 yil davomida faoliyta olib bordi va 2022-yilgi mavsum boshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. 2019-yilgi mavsumda bir muddat Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Muborakda qoldi va „Mash’al“ jamoasida darvozaboblar murabbiyi sifatida faoliyatini boshlagan. 2024-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan darvozabonlar murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2018 Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: 2014

Manbalar

Havolalar

Botir Nosirov OʻzFPL saytida

Botir Nosirov Transfermarkt saytida

Botir Nosirov ua.tribuna.com saytida

Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:11-iyunda tugʻilganlar Turkum:Qarshida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar