Mazaxchini oʻldirish — amerikalik yozuvchi Harper Leening 1960-yilda chop etilgan shu nomdagi asariga asoslangan film. 1962-yilda Robert Mulligan filmga rejissorlik qilish huquqini oladi. Film asosan Horton Fut tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, Buyuk depressiya davridagi Alabamada advokat (Pek) zo'ravonlik bilan ayblangan qora tanli kishini (Peter) himoya qilishi bilan birga bolalarini (Badham va Alford) adolatsizlikka qarshi tarbiyalash jarayonlari oʻz ichiga oladi.

Irqchilik, xurofotga qarshi harakatlarni akslantirgan film tanqidchilar va jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilindi. Shuningdek, filmning sof foydasi koʻzlanganidan olti baravaridan ko'proq daromad olib keldi. Film 3 marta Oscar (talaffuzi: Oskar) mukofotiga sazovor bo'ldi, shu jumladan, Gregory Peck uchun Eng yaxshi aktyor, Fut uchun Eng yaxshi ssenariy, Bedham uchun Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa va Eng yaxshi film, Eng yaxshi rejissyor kabi sakkiz nominatsiyaga loyiq koʻrildi.

Jinsiy zoʻravonlik, irqchilik, ijtimoiy tengsizlik kabi jiddiy mavzularga qaramay, filmdagi hazil va mutoyiba sahnalari tomoshabinlar tomonidan sevildi. Bosh qahramonlardan biri boʻlgan Atticus Finch axloq, shuningdek, halol huquqshunosning namunasi boʻldi.

Qahramonlar Gregory Peck, Atticus Finch Mery Badam, Skaut Filipp Alford, Jem John Megna, Charlz Beker Dill Xaris Frank Overton, Sherif Heck Tate Rosemary Murfy, Miss Maudie Atkinson Ruth White, Dubose xonim Brock Peters, Tom Robinson Estelle Evans, Kalpurniya Paul Fix, Hakam John Taylor Colin Wilkox, Mayella Violet Ewell Jeyms Anderson, Robert E. Li, Bob Alice Ghostley, Miss Stephanie Crawford Robert Duvall, Artur Boo Radli Wilyam Windom, Horace Gilmer, tuman prokurori Crahan Denton, Walter Kuninghem Richard Hale, Natan Reddli

Kasting Jeyms Stewart Attikus Finch rolini rad etadi, chunki asar voqealari haqiqatda keng koʻlamli va munozarali edi. Loyiha tayyorlanishi davrida ushbu rol Rock Hudsonga taklif qilinadi. Ammo prodyuser Alan J. Pakula bosh qahramon uchun taniqliroq aktyor xohlaydi.

Pakula (rejissyor) Peck (bosh qahramon) roli bilan tanishgandagi fikrlarini eslaydi: U darhol qoʻngʻiroq qildi va roziligini aytdi... Peck va uning qahramoni oʻrtasida nomutanosiblik yoʻq edi. Keyinchalik, Peck intervyusda kitob unga Kaliforniya shtatidagi La Jollada ulgʻaygan yillarini eslatgani, shuning uchun ham rol eʻtiborini jalb etganligini taʻkidlaydi.

Romanning 1962-yilgi yumshoq muqovali nashri:

Janubiy Maykomb (Alabama shtati) — menga men oʻsib-ulgʻaygan Kaliforniya shahrini eslatadi. Roman qahramonlari men bolaligimda tanigan chehralarga oʻxshaydi. Menimcha, romanning eng jozibali tomoni shundaki, u oʻquvchilariga qayerda boʻlmasin oʻzlari tanigan odamlarni eslatadi. Kitob men uchun — universal hikoya. Gregory Pek.

Muvaffaqiyat Gregory Peck bosh rolni ijro etgan „ To kill a Mockingbird“ filmi 8 nominatsiya boʻyicha „Oskar“ mukofotiga nomzod boʻlgan va uchta statuetka (eng yaxshi aktyor, eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy va eng yaxshi sahna koʻrinishi) bilan taqdirlangan.

1995-yilda Mazaxchini oʻldirish Kongress kutubxonasi tomonidan Qo'shma Shtatlar National Film Registry tomonidan madaniy, tarixiy va estetik jihatdan muhim deb tanlandi.

2007-yilda Kim Hamilton filmdagi Harlem jamiyati aʻzosi boʻlgan Helen Robinson roli uchun Harlem jamiyati tomonidan taqdirlanadi. U filmda oʻz nutqiga ega soʻnggi afroamerikalik edi. Mukofot haqida gap ketganda, u shunday deydi: Men bu mukofot haqiqatda ajoyib deb oʻylayman. Judayam mamnun, shu bilan birga judayam hayronman.

Amerika Kino Instituti Attikus Finchni XX asrning Eng buyuk kino qahramoni deb atadi. Mazaxchini oʻldirish courtroom drama (sud zalidagi drama) janridagi Eng yaxshi film sifatida tan olingan.

Yana qarang

1962-yilgi amerika filmlar ro'yxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:1962-yil filmlari Turkum:Mazaxchini oʻldirish Turkum:Universal Pictures filmlari