2024-yilning 6-martida Afgʻoniston va Pokistonda boshlangan kuchli yomgʻirlar va suv toshqinlari 1,084 odamning oʻlimi va yana koʻplab insonlarning jarohatlanishiga sabab boʻldi. Toshqinlar infratuzilma va qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazdi.

Zarar va qurbonlar Afgʻoniston Aprel oyida 23 ta provinsiyada sodir boʻlgan kuchli yomgʻir va suv toshqinlari tufayli 100 dan ortiq kishi halok boʻldi, 54 kishi jarohat oldi. 2134 ta uy vayron boʻlib, 10789 ta chorva mollari nobud boʻldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistondagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining maʼlum qilishicha, kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida 25 000 dan ortiq oila jabrlandi, 1 000 ga yaqin uy zarar koʻrdi. Departament matbuot kotibi Janan Sayeqning maʼlum qilishicha, qurbonlar va ayrim zararlarga, asosan, tomning qulashi sabab boʻlgan. 600 km (370 milya) dan ortiq yoʻl va 9271 gektar (22910 akr) qishloq xoʻjaligi yerlari suv ostida qolgan.

Jahon oziq-ovqat dasturining Afgʻonistondagi idorasi maʼlum qilishicha, 10—11-may kunlari sodir boʻlgan suv toshqini 347 kishining hayotiga zomin boʻldi va 1651 kishi jarohatlandi. Bagʻlon viloyatida 300 kishi halok boʻlgan va yana 100 kishi yaralangan, 1000 ta uy vayron boʻldi. Yangi Bagʻlon tumanida 100 kishi halok boʻldi, 1500 ta uy zarar koʻrdi. Shuningdek, Burka tumanida 2042 ta uy zararlangan.

Toxar viloyatida 20 kishi halok boʻldi, yaralanganlar soni esa 80 kishiga yetdi. Hirot viloyatida esa 3 kishi halok boʻldi. Toshqin Badaxshon va Gʻoʻr viloyatlariga ham taʼsir koʻrsatdi. 17—18-may kunlari boʻlib oʻtgan toshqinlar oqibatida 150 kishi vafot etgan. Faryob viloyatida oʻlganlar miqdori 84 taga, jarohatlanganlar 5 taga bedarak yoʻqolganlar esa 40 taga yetdi. Shuningdek, 1870 ta uy vayrona holatga keldi. Gʻoʻrda esa 55 kishi halok boʻlganligi va yuzlab kishilar bedarak yoʻqolganligi maʼlum qilindi. Bu viloyatda 3000 ta uy vayron boʻlgan, yana 6000 tasi kuchli darajada zararlangan. Birgina Chagʻcharonda 2000 ta uy vayrona holatga kelib qolgan, 4000 tasi yashash uchun yaroqsiz holatga keldi. 2000 ta doʻkon esa suv ostida qolib ketdi.

Pokiston 6-mart kuni yoqqan kuchli yomgʻir Svat tumanidagi 40 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan koʻchkiga sabab boʻldi.

Aprel oyi davomida 3500 dan ortiq uy va 464 ta maktabga zarar yetkazgan suv toshqinlari oqibatida yana 99 kishi, jumladan, 44 nafar bola halok boʻldi, jarohatlangan soni esa 94 taga yetdi. Bu hodisa oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan viloyat Xaybar Paxtunxva boʻlib, u yerda 64 ta oʻlim holati qayd etilgan, 21 ta oʻlim bilan Panjob va 15 ta oʻlim koʻrsatkichi bilan Balujiston oʻlim soni boʻyicha keyingi oʻrinlarda turibdi. Kuchli yomgʻirlar Xayber-Paxtunxva, Balujiston, Panjob hamda Azad Jammu va Kashmirda suv toshqini va elektr quvvatidagi uzilishlarga sabab boʻldi. Oʻlimlarning asosiy qismi bugʻdoy ekinlarini yigʻib olayotgan dehqonlarni chaqmoq urishi va uylarning qulashi sabab yuzaga keldi. Bir qancha shaharlarda koʻchalarni suv bosdi. Yogʻingarchilik Islomobodga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Rasmiylar Balujistonda favqulodda holat eʼlon qilishga majbur boʻldi.

Sabablari Bu yilgi yogʻingarchiliklar odatdagidan keskin farq qiladigan ob-havo tufayli yuzaga kelgan. Baʼzi ekspertlar sabab sifatida iqlim oʻzgarishini koʻrsatishmoqda.

Munosabatlar va qayta tiklanish Pokistonning tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi favqulodda vaziyatlar xizmatlariga yana bir marotaba kuchli yomgʻir yogʻishi kutilayotgani haqida maʼlum qilib, yuqori shay holda turishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Halok boʻlganlar orasida (aniqlanganlar) 25 nafar bola, 12 nafar erkak va toʻqqiz nafar ayol, yaradorlar orasida 11 nafar ayol, 33 nafar erkak va 16 nafar bola borligi tasdiqlandi. Pokiston meteorologiya departamenti barcha toʻrt provinsiyada vaqti-vaqti bilan kuchli yomgʻir yogʻishi mumkinligini eʼlon qildi. Balujiston va Xayber-Paxtunxvada yomgʻir 22-aprelgacha davom etdi.

Izohlar

Manbalar

Turkum:Suv toshqinlari Turkum:2024-yil mart oyida sodir boʻlgan voqealar Turkum:2024-yil aprel oyida sodir boʻlgan voqealar Turkum:2024-yil may oyida sodir boʻlgan voqealar Turkum:Afgʻoniston geografiyasi