Enzo Maresca (, 1980-yil 10-fevral) – italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hozirda u Premyer-liganing Manchester City klubini boshqaradi.

Enzo futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „Vest Bromvich“ klubida boshlagan. Keyinchalik oʻz mamlakatining bir qancha klublarida oʻynashni davom ettirgan. 2000-yilgi mavsumda „Yuventus“ jamoasi tarkibiga oʻtgan, shartnoma muddati davomida uni ikki marta ijaraga boshqa jamoalarga ijaraga bergan. 2002-yilda Yeventus bilan liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2004-yilda Yuventus bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng, u „Fiorentina“ klubi tarkibida bir mavsum oʻynagan. Keyinchalik u La Ligada klublarida foliyatini davom ettirgan. „Sevilya“ (u yerda toʻrt mavsum oʻynagan) va „Malaga“ bilan davom ettirdi, 134 oʻyinda ishtirok etib va musobaqada 17 gol urdi va Sevilla jamoasi bilan beshta sovrinni qoʻlga kiritgan. 2009/2010-yilgi mavsumda Olimpiakos jamoasi tarkibida Gretsiyada ham bir yil oʻtkazgan. Keyinchalik u 2012-yilda Italiyaga qaytib keldi va u yerda 2017-yilda faoliyatini yakunlaguncha oʻynadi. A Seriyada jami 140 oʻyin oʻtkazdi va 17 gol urgan.

Mareska Italiyani yoshlar terma jamoasida, shu jumladan Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida himoya qilgan, ammo hech qachon asosiy kettalar tema jamoasida oʻynamagan.

Yutuqlar

Oʻyinchi Yuventus

A seriya : 2001/2002 Italiya Superkubogi : 2003-yil

Sevilla

Qirol kubogi : 2006/2007 Ispaniya Superkubogi: 2007-yil UEFA kubogi: 2005/2006, 2006/2007 UEFA Superkubogi: 2006-yil

Palermo

B seriya: 2013-14

Menejer Manchester Siti U-23

Premer-liga 2: 2020-21

Lester Siti

EFL chempionati: 2023/2024

Individual

Oyning EFL chempionati menejeri: 2023-yil avgust, oktyabr 2023-yil, dekabr 2023-yil, aprel 2024-yil

Manbalar

Havolalar

Enzo Maresca at TuttoCalciatori.net (in Italian) Enzo Maresca at BDFutbol National team data

Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UC Sampdoria futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Cagliari Calcio futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Málaga CF futbolchilari Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar