Vahagn Khachaturyan () — Armaniston davlatining siyosiy arbobi. 2022-yil 13-martdan boshlab Armaniston Respublikasi Prezidenti hisoblanadi.
Hayoti Vahagn Khachaturyan 1959-yil 22-aprelda Armaniston SSRning Sisyan shahrida tugʻilgan. 1976-yilda Yerevan shahridagi 118-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. 1976-1980-yillarda Yerevan xalq xoʻjaligi institutida (hozirgi Armaniston davlat iqtisodiyot universiteti) tahsil olgan. U iqtisod fakultetini tugatib, 1980-1982-yillarda SSSR Qurolli Kuchlari Sovet Armiyasi safida xizmat qilgan.
Havolalar
Manbalar
Turkum:Armaniston prezidentlari Turkum:Yashayotgan insonlar