Wanjira Mathai (1971-yil dekabrda tugʻilgan) — keniyalik ekolog va jamiyat faoli. U Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan Jahon Resurslar Institutining Afrika va global hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi direktoridir. Wanjira bu lavozimda oʻrmonlarni kesishga qarshi kurash va energiyadan oqilona foydalanish kabi global muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. Wanjira Mathai 2018-yilda New African jurnali tomonidan Jahon Resurslar Institutidagi faoliyati hamda Green Belt Movementdagi faoliyati doirasida 30 milliondan ortiq daraxt ekishdagi ishtiroki uchun 100 ta eng nufuzli afrikaliklardan biri sifatida tanlangan.

Biografiyasi Mathai Keniyada tugʻilib oʻsgan. Uning onasi Wangari Maathai ijtimoiy, ekologik va siyosiy faol boʻlib 2004-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi afrikalik ayol hisoblanadi.

Mathai Nayrobidagi Davlat uyi qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u Hobart va William Smith kollejlarida oʻqish uchun dastlab Jenevaga keyinchalik Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi va u yerda biologiya yoʻnalishini tanlab, 1994-yilda oʻqishni tamomlaydi. Wanjira Emori universitetida jamoat salomatligi va biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Mathai Karter Markaziga qoʻshilib va u yerda kasalliklar nazorati boʻyicha ishlagan. Markazda Mathai Afrika aholisiga taʼsir oʻtkazgan drakunkuloz, onxoserkoz va limfatik filariaz kabi kasalliklar haqida oʻrgangan.

Faoliyati

Green Belt Movement Mathai Butunjahon kelajak kengashida va 1977-yilda onasi Wangari tomonidan asos solingan Green Belt Movement boshqaruv kengashida faoliyat olib borgan. Dastlab, Mathai 2002-yildan boshlab Green Belt Movementning xalqaro aloqalar boʻyicha direktori boʻlib ishlagan, keyinroq esa tashkilotning ijrochi direktori etib tayinlangan. Ushbu tashkilotda u mablagʻ toʻplash dasturlarini boshqargan va resurslarni safarbar qilish monitoringini, shuningdek, xalqaro targʻibot ishlarini olib borgan. Onasi 2004-yilda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritganidan soʻng, Mathai unga dunyo boʻylab sayohatga hamrohlik qilgan. 2011-yilda onasi vafot etganida Mathai klubni boshqargan.

Boshqa tashkilotlar va fondlar

2016-yildan beri Mathai Wangari Maathai jamgʻarmasi raisi boʻlib ishlab kelmoqda. Jamgʻarmaning uchta ustuvor yoʻnalishi bor: Wangari Muta Maathai uyini saqlash, yoshlikda ijodkorlik va jasoratni rivojlantirish uchun yoshlarga yetakchilik koʻnikmalarini singdirish (Wanakesho) va yoshlar hamjihatligini taʼminlash. Yoshlarga taʼlim berish muhimligiga boʻlgan ishonchining namunasi sifatida u Nayrobi Universiteti qoshidagi Wangari Maathai Tinchlik va atrof-muhitni oʻrganish institutining loyiha direktori boʻlgan. Ushbu institut yaxshi axloq va barqaror rivojlanishni targʻib qilishga qaratilgan.

2018-yilda Mathai New African jurnali tomonidan 100 ta eng nufuzli afrikaliklardan biri sifatida eʼtirof etilgan, shuningdek, Afrika universiteti tomonidan eng nufuzli afrikalik ayollar qatoriga kiritilgan.

Mukofotlari 2023-yil aprel oyida TIME jurnali Wanjirani 2023-yilning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritgan. 2023-yil noyabr oyida u BBCning 100 ayol roʻyxatiga kiritilgan. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Afrikada tugʻilganlar Turkum:Ayollar