Surad ibn Abdullohning Jurash ahliga yurishi hijriy 10-yilda bahor oylari (milodiy 632-yil) boʻlib oʻtgan.

Tarixi Islom taqvimining 10-hijriy yilida Surad ibn Abdulloh boshchiligidagi Banu Azd qabilasidan 15–20 kishi Islomni qabul qilish uchun Muhammadning oldiga tashrif buyuradi. Muhammad Suradni oʻz urugʻining hukmdori etib tayinlaydi va unga oʻzlari yashab turgan hududlardagi musulmon boʻlmagan qabilalarni Islomga daʼvat qilishni topshiradiMuir, William (August 1878), The life of Mahomet (Full free digitized version), Kessinger Publishing Co, p. 219Jandora, John Walter (1990), The march from Medina: a revisionist study of the Arab conquests, Kingston Press, Original from: University of Michigan, p. 42, ISBN 978-0-940670-33-4.

Yurish

Dastlabki hujum Shundan soʻng Surad ibn Abdulloh Yamandagi Jurash ahli tomon harbiy yurishini boshlaydi. Muhammad unga ushbu vazifani bajarishi uchun musulmon jangchilaridan iborat qoʻshin beradi. Oʻsha paytda Jurash Yaman qabilalari istiqomat qiladigan yopiq shahar edi. Musulmon qoʻshinining hujum qilishini eshitgan Xas’am qabilasi Jurash ahlidan panoh soʻrab murojaat qiladi, biroq Jurash ahli shahar darvozalarini ochishdan bosh tortadilarTabari, Al (25 Sep 1990), The last years of the Prophet (translated by Ismaʼil Qurban Husayn), State University of New York Press, p. 88, ISBN 978-0-88706-691-7See pg 88–89Jandora, John Walter (1990), The march from Medina: a revisionist study of the Arab conquests, Kingston Press, Original from: University of Michigan, p. 42, ISBN 978-0-940670-33-4.

Surad ibn Abdulloh Jurash shahrini 1 oy qamal qilgan, ammo hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan. Shundan keyin u oʻzini Jurashdan adirlar tomon chekinayotgandek koʻrsatadi, dushman ham ularning bu tuzogʻiga tushib qoladi, ana shunda Surad va uning qoʻshini dushmanga qarshi shiddatli hujum uyushtirib, ularni magʻlub etadi. Islom tarixchisi Tabariy Jurash ahliga katta talofatlar yetkazilganligini eslatib oʻtganTabari, Al (25 Sep 1990), The last years of the Prophet (translated by Ismaʼil Qurban Husayn), State University of New York Press, p. 88, ISBN 978-0-88706-691-7See pg 88–89Jandora, John Walter (1990), The march from Medina: a revisionist study of the Arab conquests, Kingston Press, Original from: University of Michigan, p. 42, ISBN 978-0-940670-33-4.

Jurash fuqarolarining oʻldirilishi Jurash ahli Muhammadning huzuriga 2 nafar elchi yuborib, murosa qilishni soʻragan, paygʻambar ham ularni „Allohning elchisi“ deya zikr qilib, elchilar bilan yaxshi munosabatda boʻlganJandora, John Walter (1990), The march from Medina: a revisionist study of the Arab conquests, Kingston Press, Original from: University of Michigan, p. 42, ISBN 978-0-940670-33-4.

Yana qarang

Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:632 Turkum:631 Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar