Ubayda ibn al-Horisning yurishi milodiy 623-yilning aprel oyida Islom paygʻambari Muhammad Ubayda ibn Horisni 60 nafar qurolli muhojirlar (Madinaga kelgan musulmon muhojirlar) bilan hozirgi Saudiya Arabistonidagi Rabigʻ vodiysiga yuborganida sodir boʻlgan. Ular Abu Sufyon ibn Harb va 200 nafar qurolli chavandozlar himoyasida Suriyadan qaytayotgan Quraysh karvonini tutishlari kerak ediIbn Ishaq/Guillaume, p. 281.Ibn Saad/Bewley, p. 37.Haykal, M. H. (1935). Translated by al-Faruqi, I. R. A. (1976). The Life of Muhammad, p. 256. Chicago: North American Trust Publications.Mubarakpuri, S. R. (1979). Ar-Raheeq Al-Maktum (The Sealed Nectar), p. 92. Riyadh: Darussalem Publishers.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here. Musulmonlar boʻlinmasi Tanyat al-Murrada joylashgan quduqlar tomon yoʻl oladi, aynan oʻsha yerda Saʼd ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata oʻq uzadi. Bu esa tarixda Islomning birinchi oʻqi sifatida tanilgan. Ushbu kutilmagan hujumga qaramay, qarshi taraf qilichlarini qinidan chiqarmaydi va har ikkala taraf ham bir-birlari tomon yaqinlashmaydi, shu sababli oʻrtada hech qanday jang boʻlmaydi. Biroq ikki makkalik savdogar oʻz karvonini tark etib, musulmonlarga qoʻshiladilar va Islomni qabul qilib, Madinaga keladilar.
Vaqt Baʼzi manbalarga koʻra, paygʻambar harbiy bayroqni ilk marotaba Ubayda ibn Horisga topshirgan deyilsa, boshqalar Hamza ibn Abdulmuttolib birinchi boʻlib bayroq koʻtargan deya maʼlumot beradiIbn Saad/Bewley, p. 37..
Baʼzi olimlarning taʼkidlashicha, Muhammad ushbu gʻazotni al-Abvoda boʻlgan vaqtida yoki al-Abvo bosqinidan Madinaga qaytganida yuborgan.
Yana qarang
Muhammad Muhammadning yurishlari roʻyxati Muhammadning harbiy faoliyati Saʼd ibn Abu Vaqqos
Manbalar
Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:623 Turkum:Muhammad Madinada