Qatan gʻazoti Islom taqvimining 4-hijriy yilida Hamro al-Asad jangidan soʻng Banu Asad ibn Xuzayma qabilasiga qilingan birinchi bosqin.

Tarixi Banu Asad ibn Xuzayma qabilasi (Banu Asad qabilasi bilan adashtirmaslik kerak) Qatan deb ataladigan hududda yashovchi Quraysh bilan aloqa olib boradigan kuchli qabilalardan biri edi. Qabila vakillari Najddagi Qatan tepaligi yaqinida istiqomat qilishgan. Musulmonlarning Qatanga yurishi Muhammadning Islomni yoyish uchun qilgan harakatlaridan biri edi Alt URL. Paygʻambar Muhammad Abu Salama Abdulloh ibn Abdulasad boshchiligida 150 kishilik qoʻshinni hijriy 4-yilning Muharram oyi birinchi kunida ushbu qabilaga toʻsatdan yurish qilish uchun yuborganIbn Saʼd, vol.ii, p. 150.

Yurish Musulmonlar Qatanga yetib kelganlarida qabila aʼzolari ulardan qoʻrqib qochib ketishgan. Musulmon askarlari koʻplab tuya va echkilar podasiga qarovchi 3 nafar choʻponni koʻrganlar va asir sifatida oʻzlari bilan birga Madinaga olib ketishgan.

Abu Salamaning bundan oldingi Uhud jangida olgan jarohati hali toʻliq tuzalib ketmaganligi bois u ushbu yurish davomida vafot etgan.

Banu Asad ibn Xuzayma qabilasiga qarshi ikkinchi bosqin oradan deyarli 3 yil oʻtib sodir etilganHawarey, Mosab (2010). The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust. ISBN 9789957051648.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available hereMubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, p. 383..

Yana qarang

Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:625