Muhammad ibn Maslama gʻazoti hijriy 6-yilning Muharram oyida (milodiy 627-yil iyul) boʻlib oʻtganNote: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here.
Yurish Muhammad ibn Maslama boshchiligidagi 30 nafar musulmonlardan iborat boʻlinma Muhammad tomonidan buyurilgan harbiy vazifani bajarish uchun Banu Bakr qabilasi qarorgohi tomon yuborilgan. Musulmonlar urugʻlarga hujum uyushtirib, ularni har tarafga tarqatib yuborishgan. Ular urushdan olingan oʻljalarini qoʻlga kiritib, Banu Hanifa qabilasi boshligʻi Tumama ibn Utal Hanafiyni asir qilib ortga qaytishgan.
Sahobalar Tumamani masjid ustuniga bogʻlab qoʻyishgan. Muhammad Tumamaga qarata savol berganida, u shunday javob qaytargan: „Agar kimdnidir oʻldirmoqchi boʻlsangiz, olijanob kishini tanlaysiz, agar marhamatli boʻlsangiz, unga marhamat koʻrsatasiz, pul soʻrash uchun esa saxiy odamga murojaat qilasiz“. Tumama ibn Utal shu soʻzlarini uch marotaba takrorlagach, Muhammad uni ozod qilishni buyurgan va shundan keyin Tumama Islomni qabul qilgan.
Ushbu bosqin paytida musulmonlar 10 kishini oʻldirgan, qabilaning boshqa aʼzolari esa qarshilik koʻrsatmay qochib ketishgan. Musulmon askarlari oʻlja sifatida 150 ta tuya va 3000 ta echkini oʻzlariga olganlar.
Yana qarang
Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:627