X avlod — Bebi-bumerlardan keyingi va Millennials guruhidan oldingi demografik guruh. Ushbu avlod tarkibiga 1965-yildan 1980-yilgacha tugʻilgan insonlar kiradi. 2019-yilgi AQSh aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarida 65,2 million X avlod tarkibiga kiradigan aholi mavjud edi. X avlodining koʻpchiligi Sokin avlod va Bebi-bumerlarning farzandlari hisoblanishadi. X avlod vakillari, odatda, Millennials va Z avlod vakillarining ota-onalari hisoblanishadi.
Manbalar
Turkum:Postmodernizm Turkum:XX asr Turkum:Madaniy avlodlar