EH216-S – Xitoyning dron ishlab chiqaruvchi EHang Holidings kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vertikal uchib-qoʻnuvchi avtonom elektr (eVTOL) droni.
Tarixi
Qurilma 2016-yilda CES koʻrgazmasida debyut qiladi. Vertikal uchish va qoʻna oluvchi elektr droni ( (eVTOL)) avtonom boshqariladigan uchish qurilmasi boʻlib, operator tomonidan masofadan turib boshqatlriladi. Qurilma bortiga ikki kishi sigʻadi.
EH216-S havo taksisi maʼlum bir yoʻnalish boʻylab avtonom parvozni amalga oshiradi. Operator qurilmaning harakatini masofaviy nazorat qiladi va agar kerak boʻlsa, boshqaruvni oʻz qoʻliga oladi. Yoʻlovchilar faqat havo taksi salonida oʻtirgan holda atrofni kuzatishi mumkin.
2023-yil dekabr oyning oxirida EH216-S Guanchjou va Xefey shaharlarida ilk marta tijorat parvozlarini namoyish etdi.
2023-yilda EHang bosh direktori quyidagilarni aytadi:
Sertifikat
Yengillashtirilgan tartibga solish qoidalari EHangga sertifikat olishdan ancha oldin bortdagi odamlar bilan 10 mingdan ortiq test rejimidagi parvozlarini amalga oshirishga imkon berdi.
EHang kompaniyasi 2023-yil oktabr oyida Xitoy aviatsiya idorasidan xavfsizlik sertifikatini oldi.
Texnik koʻrsatkichlar
EH216-S samolyotining texnik xususiyatlari:№ Kattalik Koʻrsatkich Qaydlar1 Balandligi 1850 mm 2 Kengligi 5630 mm 3 Maksimal yuk 220 kg 4 Parvoz masofasi 35 km 5 Maksimal tezlik 135 km/soat 6 Toʻliq zaryadlash vaqti 120 daq. 7 Parraklar soni 16 ta 8 Elektr motorlar soni 16 ta
Sotuvlar
2024-yil 18-mart kuni Xitoyning Taobao marketpleysida EH216-S rusumli uchar taksini 2,39 million yuan (332 060 dollar) miqdorida sotuvi boshlandi.
Yana qarang
VT-30 Archer Aviation XPeng AeroHT
Havolalar
Rasmiy havola
Manbalar
Turkum:Xitoy dronlari