Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi – Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi. 420 oʻringa moʻljallangan.

Ochilish tarixi 2007-yilda Oqqoʻrgʻon Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji sifatida malakali ishchi kadrlar tayyorlab berish uchun tashkil etilgan. Toshkent viloyati hokimyati oʻrta-maxsus, kasb- hunar taʼlimi boshqarmasi 12-mart 2007-yil 87-sonli buyrugʻi bilan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish toʻgʻrisida – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi „Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi 204-sonli qarorning birinchi bandi, 2003-yil 29 -oktabrdagi „Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashiga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“gi 473-sonli qarorlarini bajarish maqsadida hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 2007-yil 7-martdagi 34 -sonli buyrugʻi asosida tashkil etildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5812 Farmoni bilan Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi tashkil etilgan. Tavsifi

Oqqoʻrgʻon tumani 2-son kasb-hunar maktabi – Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va ishlab shiqarish sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasidan biri hisoblanadi. Kasb-hunar maktabida 14 ta oʻquv xonasi, 9 ta oʻquv ustaxonasi, innovatsion xona, binolar soni 2 ta, sport zali, , siyosiy va badiiy adabiyotlarga ega axborot kutubxona markazi, 50 oʻrinli oʻquv zali, 120 oʻrinli faollar zali, 3 ta kompyuter xonasi va 50 oʻrinli oshxona mavjud. Taʼlim muassasasida 310 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil oladi.

kunduzgi taʼlim, muddati 2 yil Manzil: Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, Hosildor MFY, Porloq yoʻl koʻchasi 1-uy

Tayyorlanadigan kasblar Apparat va dasturiy ta'minot sozlovchisi Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari Payvandlovchi Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash Tikuvchi Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi Traktorchi-mashinist

Manbalar

Turkum:Oqqoʻrgʻon tumani Turkum:Oʻzbekistondagi maktablar Turkum:2019-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Erkaboyev Umar (munozara)