Makka masjidi – Hindistonning Karnataka shtatidagi Bijapur shahrida joylashgan masjid. Masjid podshoh xonadonidagi ayollar uchun qurilgan. U davlat ahamiyatiga ega yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi Masjidning qurilgan sanasi maʼlum emas. The New Cambrdge History of India (Hindistonning yangi Kembrij tarixi) asarida bu Ali Odil Shoh II hukmronligi davriga tegishli deb aytiladi, Henry Cousens esa uni 13-asr oxiriga aloqador deb baholaydi. Binoning sharqiy chekkasida bir avliyoning qabri bor, u masjidni foydalanishga topshirgan qurilish homiysiga tegishli boʻlishi mumkin.
Minoralar avvalroq qurilgan inshootning qoldiqlari boʻlishi mumkin. Henry Cousensning taʼkidlashicha, masjid atrofida qurilgan baland devorlar uning fillar saqlanadigan xona sifatida ishlatilganligini koʻrsatadi. Uning taʼkidlashicha, avvalgi masjid vayrona holatida boʻlgan vaqtda, yangi masjid qurilishidan oldin fil saqlanadigan xona sifatida foydalanilgan.
Tavsifi Masjid qoʻriqxona ichida joylashgan. Masjidning fasadi beshta qismdan iborat. U sakkizta arkada koʻtarilgan yarim sharsimon gumbaz bilan qoplangan.
Ichki koʻrinishi Masjidda minbar yoʻq, chunki ayollar namozidan oldin xutba oʻqilmaydi.
Manbalar
Turkum:Bijapur (Karnataka) Turkum:Karnatakadagi masjidlar