Ivan Timofeyevich Potapov – Sovet harbiy, davlat va siyosiy arbobi, general-mayor.

Hayoti Ivan Timofeyevich Potapov 1903-yil 20-dekabrda Gaida qishlogʻida tugʻilgan. 1929-yildan KPSS aʼzosi boʻlgan.

Ivan Potapov 1918-yildan boshlab harbiy xizmatda, ijtimoiy-siyosiy ishlarda faol boʻlgan. U 1918-1953-yillarda Qizil Armiya askari, kursant, pulemyot boshligʻi, zirhli mashina komandiri, vzvod komandiri, batalyon komandirining yordamchisi, batalyon komandiri, 97-ogʻir tanklar brigadasi komandiri, 2-Xarkov tank maktabi boshligʻi, 103-tank brigadasi komandiri, 65-gvardiya tank brigadasi komandiri boʻlgan. Shuningdek, 2-gvardiya tank armiyasi 12-gvardiya tank korpusi komandirining oʻrinbosari, GSVG 2-gvardiya tank armiyasi 12-gvardiya tank diviziyasi jangovar boʻlinmalari boʻyicha komandir oʻrinbosari, 9-tank diviziyasi komandiri, Toshkent tank maktabi boshligʻi ham boʻlgan.

Ivan Potapov 1953-yil 24-dekabrda Toshkentda vafot etgan.

Havolalar Потапов Память народа

Turkum:General-mayorlar (SSSR) Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1953-yilda vafot etganlar Turkum:24-dekabrda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:20-dekabrda tugʻilganlar