Yuriy Yevgenievich Stulov (1936-yil 27-may, Moskva – 1980-yillar boshi: FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki) – sovet futbolchisi, himoyachi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Murabbiylik faoliyati bilan ham shugʻillangan.

Faoliyati U futbol oʻynashni 1950-yilda Moskvaning Spartak klubiga qarashli bolalar jamoasida boshlagan. 1950-yillarning oʻrtalarida u Ukrainaga koʻchib oʻtdi. 1956-yilda Osipenkoning „Energiya“ jamoasi uchun respublika chempionatida, 1957-yilda Zaporojyening „Metallurg“ jamoasida SSSR „B“ ligasi toifasida ishtirok etgan. Keyingi mavsumning birinchi yarmini „A“ toifasidagi "Shaxtyor" Stalino jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Shu yilning mavsum oʻrtalariga kelib Toshkent Jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirdi va 1959-yilgacha Toshkentning „Mehnat zahiralari“ jamoasi tarkibida „B“ toifasida toʻp surgan. Bu davr muobaynida Yuriy jamoa sardori boʻlgan. 1960—1964-yillarda Olmaotaning „Qayrat“ jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, chempionatda 135 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.

1969-yilda Kokchetavning „Torpedo“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 1970-yillar oxirida Zaporojyeda futbol murabbiyi boʻlib ishlagan.

U qirq yoshida peritonit kasalligidan vafot etdi.

Manbalar

Havolalar

Stulov Yuriy Evgenievich | futbol

Turkum:1980-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:Mehnat zahiralari klubi futbolchilari Turkum:SSSR ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Peritonitdan vafot etganlar