Safa masjidi yoki Safa Shahouri masjidi Hindistonning Goa shahri hududidagi Ponda tumanida joylashgan masjiddir. U XVI asrga aloqador islom yodgorligi hisoblanadi. Masjidda bogʻ va favvoralardan tarkib topgan majmua mavjud. Terakota plitkali tomi toʻrtburchak shaklidagi ibodatxonani qopalab turadi. Bu Goadagi milliy ahamiyatga ega boʻlgan ASI tomonidan himoyalangan yodgorlikdir.

Tarixi thumb| Safa masjidi yon tomonida, janubiy qismida 30 ga 30 metr oʻlchamdagi mehrob, naqshinkor toshli idish joylashgan.|left V. T. Gunening yozishicha, masjid 1560-yilda Bijapuri hukmdori Ibrohim Odil Shoh I tomonidan Ponda markazidan 2 km uzoqlikda qurilganV. T. Gune, „Ancient shrines of Goa (A pictorial survey)“, Department of information of Government of Goa. Panji 1965. page:965-988.. Masjid Odil shoh davriga yoki undan oldingi davrga tegishli boʻlishi mumkin. Ammo masjidda hech qanday yozuv yoʻqligi va uning qurilganligi haqida tarixiy maʼlumotlar saqlanmaganligi sababli qurilishning aniq sanasi nomaʼlum. Portugallarning Goa ustidan hukmronligi davrida masjidga askarlar tomonidan kuchli ziyon yetkazilgan va yoqib yuborilgan. Masjid 1980-yillarda qisman rekonstruksiya qilinmaguncha vayrona holida qolib ketgan.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Goadagi masjidlar