Eyüpspor — Istanbulning Eyüp tumanida joylashgan Turkiyaning professional futbol klubi. Jamoa ranglari lavanta va sariqdir. Klubning uy arenasi Eyüp stadioni boʻlib 2500 tomoshabinga moʻljallangan.
Tarix Eyüpspor 1934-yildan 1937-yilgacha Istanbul birinchi ligasida oʻynagan. 1956-yilda jamoa rasman professional maqomini ogan va 1959-yilda Istanbul shahar chempionati gʻolibi boʻlgan.
1982/1983-yilgi mavsumda jamoa milliy musobaqalarda debyut qilgan va Turkiya futbolining ikkinchi divizioni boʻlgan Birinchi ligaga chiqdi, ammo tez orada uni tark etgan.
2018/2019-yilgi mavsumda jamoa turnir jadvalida 9-oʻrinni egallagan. Shu bilan birga mavsum so'ngida rahbariyatning umumiy yigʻilishida klubning yangi prezidenti etib Murat Oʻzkaya saylangan.
2020/2021-yilgi mavsumda „Eyupspor“ Ikkinchi liganing Qizil guruhi chempioni boʻlgan, 37 yildan soʻng birinchi ligaga qaytgan.
Raqobat Eyüpspor jamoasining Fotih Karagümrük va Beykoz 1908 klublari bilan kuchli raqobati bor, bu oʻyinlar davomida muhlislar oʻrtasidagi tartibsizliklarga sabab boʻladi.
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib
Boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolangan
Ijaraga berilgan
Ligadagi ishtirok
TFF Birinchi ligasi: 1982-83, 1987-94, 2021- TFF Ikkinchi ligasi: 1970-73, 1984-87, 1994-01, 2002-14, 2015-21 TFF Uchinchi Ligasi: 2001-02, 2014-15 Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasi: 1959-70, 1973-82, 1983-84
Manbalar
Havolalar
Eyüpspor on TFF.org
Turkum:Turkiya futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:1919-yilda tashkil etilgan futbol klublari