301-modda Turkiya jinoyat kodeksining Turkiyani, turk millatini, turk hukumati muassasalarini yoki Mustafo Kamol Otaturk kabi turk milliy qahramonlarini haqorat qilishni noqonuniy deb belgilagan moddasidir. Ushbu modda 2005-yil 1-iyunda kuchga kirgan va Turkiyani Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirish maqsadida Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga (YEI) aʼzoligi boʻyicha muzokaralar boshlanishidan oldingi jarayonda jinoiy qonun islohoti paketining bir qismi sifatida joriy etildi"Turkey's new penal code touches raw nerves ," EurActiv June 2, 2005, updated November 14, 2005.. Moddaning asl matnida „turklikni haqorat qilish“ jinoyatga tenglashtirilgan. 2008-yil 30-aprelda moddaga oʻzgartirish kiritilib, „turklik“ tushunchasi „turk millati“ deb oʻzgartirildi. Ushbu modda qonuniy kuchga kirganidan buyon 60 dan ortiq holat boʻyicha ayblovlar qoʻzgʻatildi. Ishlarning baʼzilari yuqori darajadagi ishlar ediLea, Richard. "In Istanbul, a writer awaits her day in court", The Guardian, July 24, 2006..

2008-yil 30-aprelda 301-moddaga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, ish qoʻzgʻash uchun Adliya vazirining roziligini olish majburiyatini belgilovchi yangilik joriy etildiCafeSiyaset: 301 yeni hali ile yürürlüğe girdi ("New version of Article 301 takes effect") . Ushbu oʻzgartirish moddadan mumkin boʻlgan notoʻgʻri foydalanishning oldini olish uchun, ayniqsa, yuqori darajadagi ishlarga qarshi, eski versiyadagi qonuniy boʻshliqlarni toʻldirish uchun qilingan edi.

Turkiyalik huquqshunos Kemal Kerinçsiz boshchiligidagi Buyuk Huquqchilar Ittifoqi () „301-modda boʻyicha deyarli barcha sud jarayonlari ortida“ turibdiIn Turkey, ultra-nationalist lawyer wins supporters as enthusiasm for the EU falls (2006-09-06), from Associated Press via International Herald Tribune. Kerinchsizning oʻzi ishlarning qirqtasi, asosan, yuqori darajadagi sud jarayonlari uchun masʼuldir.

Manbalar

Turkum:Turk millatchiligi Turkum:Turk jinoyat huquqi Turkum:Soʻz erkinligi huquqi Turkum:Turkiyada senzura