Daryoboʻyi mahallasi (Daryoboʻyi koʻchasi, 73) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Sergeli tumanidagi mahlla. Eski Sergeli dahasida joylashgan. Tumandagi Quruvchilar, Farogʻatli hamda Yangihayot tumanining Xoʻja Uchqun, Fayzli mahallalari bilan chegaradosh. 1968-yil tashkil topgan. Aholisi 6 810 kishi, 1 807 xonadondan iborat (2008). Milliy tarkibi asosan, oʻzbeklar, shuningdek 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida bolalar bogʻchasi, maktab, „Bahor“ oilaviy poliklinikasi, Xalq banki, 12-avtosaroy, 3 sport maydonchasi, 12 oziq ovqat doʻkoni, 27 katta kichik korxonalar, 2 qabriston (rus va koreys), dorixona, novvoyxona mavjud.
2016-yilgacha Bahor mahallasi deb atalgan. Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Daryoboʻyi deb oʻzgartirilgan.
Maydoni 294,2 gektar.
Manbalar
Turkum:Sergeli tumanidagi mahallalar