Baxouddin Naqshband mahallasi — (Olmazor Shifokorlar shaharchasi, 7) Olmazor tumanidagi mahalla. „Shifokorlar“, Beruniy, Xislat, „Olimpiya“ mahallalari bilan chegaradosh. 1998-yil dekabrda „Shifokorlar“ mahallasidan ajralib chiqqan. Aholisi 3812 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 7 millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 2 ta bolalar bogʻchasi, „Qamarniso“ toʻyxonasi joylashgan.
Manbalar
Turkum:Toshkent mahallalari