Mavlono Adimiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni Mazid tanburchining oʻgʻli sifatida eslab, yaxshi tabʼi borligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:Chun zarraam pareshon doim dar orzoʻyash,

Jamʼiyate nadoram be oftobi roʻyash.

(Mazmuni: Uni (koʻrish) orzusida doimo zarra kabi parishonman.

Yuzining oftobisiz menga sira tinchlik yoʻq)

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik