Mavlono Aminiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Muhammad Ali Aminning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning muloyim tabʼli yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:Yor dar silsilai nozu itobam dorad,
Boz devonagii ishqi xarobam dorad.
(Mazmuni: Yor meni nozu karashma zanjiri bilan band etadi.
Yana meni ishqida devonaligim xarob qiladi).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik