Luka Menalo (1996-yil 22-iyulda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Xorvatiya ligasining Dinamo Zagreb klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Menalo Splitda tugʻilgan, lekin Čapljina shahrida oʻsgan. HNK Čapljina safida 2014-yilning 2-martida 17 yoshida Mladostga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 14-may kuni Igman Konjicga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini urdi.

2014-yilning yozida Menalo Široki Brijegga oʻtdi. 2015-yilning yanvarida jamoa bilan 5 yillik professional shartnoma imzoladi. Faoliyatidagi ilk xet-trikini 2016-yilning 21-sentyabrida sobiq jamoasi „Čapljina“ga qarshi o‘yinda amalga oshirdi. Menalo Široki Brijeg bilan oʻtkazgan soʻnggi ikki mavsumda liganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

Dinamo Zagreb 2018-yilning fevralida Xorvatiyaning Dinamo Zagreb jamoasi Menalo keyingi mavsumda besh yillik shartnoma asosida kelishini eʼlon qildi. Klubdagi debyutini 2018-yil 27-iyulda Rudešga qarshi o‘tkazdi.

2019-yilning yanvarida Menalo yarim mavsumga Slaven Belupoga ijaraga berildi.

2019-yil iyul oyida Sloveniyaning PrvaLiga jamoasi Olimpija Ljubljanaga mavsumiy ijaraga yuborildi.

Menalo 2020-yil 26-sentyabr kuni Xorvatiya kubogi-2021da Ferdinandovac ustidan qozonilgan g‘alabada xet-trik qayd etgan. Bu Zagrebning „Dinamo“sidagi ilk gollari edi.

2020-yil oktyabr oyida Riyekaga mavsumiy ijaraga yuborildi. Klub safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.

Ijaradan qaytganidan soʻng, Menalo 2021-yil oktyabr oyida Hrvatski Dragovoljac qarshi oʻyinda „Dinamo“ safidagi ilk dublini qayd etdi.

Xalqaro faoliyati Menalo Bosniya va Gersegovinanining 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilgan. Kelib chiqishi xorvat boʻlganligi sababli, Xorvatiyada oʻynashi mumkin edi, ammo barcha takliflarni rad etdi.

2018-yil yanvar oyida AQSh va Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi. 2021-yil 7-sentyabr kuni 2022-yilgi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Qozog‘istonga qarshi o‘yinda ilk golini urdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarČapljina2013—2014FBiH birinchi ligasi122——122Široki Brijeg2014—2015Bosniya Premyer-ligasi4220—622015—2016Bosniya Premyer-ligasi16444—2082016—2017Bosniya Premyer-ligasi2810742037142017—2018Bosniya Premyer-ligasi231210402812Jami7128148609136Dinamo Zagreb2018—2019Xorvatiya birinchi ligasi10020001202020—2021Xorvatiya birinchi ligasi101300232021—2022Xorvatiya birinchi ligasi22321132376Jami33354132519Slaven Belupo (ijara)2018—2019Xorvatiya birinchi ligasi120——120Olimpija Ljubljana (ijara)2019—2020Slovenian PrvaLiga331010413811Dinamo Zagreb II2020—2021Xorvatiya ikkinchi ligasi20——20Rijeka (ijara)2020—2021Xorvatiya birinchi ligasi28643413610Jami faoliyati19149241527424268

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gertsegovina 2018 2 0 2019 0 0 2020 0 0 2021 6 2 2022 5 1 Jami 13 3 +Luka Menalo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 7-sentyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gertsegovina 2—1 2—2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2021-yil 13-noyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gertsegovina 1—2 1—3 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 3 2022-yil 11-iyun Podgorica City stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 1—0 1—1 2022-23 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlari

Xorvatiya Birinchi ligasi: 2021—2022

Široki Brijeg

Bosniya kubogi: 2016—2017

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar