Júnior Osmar Ignacio Alonso Mujica (; 1993-yil 9-fevralda tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, Krasnodar futbol klubi va Paragvay terma jamoasi himoyachisi, „Atlético Mineiro“ futbol klubida ijara asosida oʻynaydi. 2013-yilgi Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori.

Klublardagi faoliyati "Cerro Porteño" futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2013-yil 10-martda „Deportivo Capiatá“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Paragvay premyer ligasida debyut qilgan. 5-avgust kuni „Cerro Porteño“ futbol klubiga qarshi bahsda u jamoadagi ilk golini urgan. Oʻsha mavsumda Alonso klubga ligada gʻolib chiqishga yordam bergan.

2017-yil boshida u Fransiyaning „Lille“ futbol klubiga oʻtgan. 18-fevral kuni Kana futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qilgan. 6-avgust kuni „Nant“ futbol klubiga qarshi bahsda Alonso „Lille“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yil boshida Alonsoda Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Turnirda u Peru, Urugvay va ikki marta Kolumbiyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Peruliklar va urugvayliklarga qarshi kechgan bahsda u ikkita gol urgan.

Oʻsha yilning yozida Alonso Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Mali, Meksika, Gretsiya va Iroq jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2013-yil 6-mart kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Alonso Paragvay terma jamoasi safida debyut qilgan.

U 2019 va 2021-yillarda ikki marotaba Amerika kubogida ishtirok etgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolCerro Porteño2013311 - -203312014302 - -1204222015434 - - - -4342016322 - -181503Jami1369--32116810Lille2016—201712020 - -1402017—201834241 - -383Jami46261--523R. C. Celta de Vigo2018—20199020 - -110Jami9020--110 C. A. Boca Juniors2018—20197060 - -1302019—20201402040200Jami2108040330Atlético Mineiro202032160--3812021221160120501Jami542220120882Umumiy faoliyatida2671338148135215

Manbalar

Turkum:Paragvaylik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:9-fevralda tugʻilganlar