Damian Kądzior (; 1992-yil 16-iyunda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Polshaning „Piast Glivitse“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Kądzior Polshaning Białystok shahrida tugʻilgan va u yerda Yagiellonia Białystok yoshlar akademiyasiga oʻynaganGdy słyszysz śpiew kibiców Górnika, wiesz, że w życiu robisz coś zajebistego weszlo.com.
Jagiellonia Białystok Kądzior 2012-yildan „Jagiellonia“ jamoasida oʻynay boshladi va 3 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Motor Lublinga ijara Kądzior Motor Lublinga ikki yillik shartnoma asosida ijaraga oʻtdi. Lyublindagi faoliyati davomida jami 8 ta gol urdi.
Dolcan Ząbkiga ijara 2015-yilning yanvar oyida Kądzior Ząbkovia Ząbki safiga kelib qoʻshildi va klubda jami 33 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urdi.
Wigry Suwałkiga ijara 2016-yilning 29-fevralida Kądzior ijara asosida Wigry Suwałkiga o‘tdi. Mavsum oxirigacha oʻynab klub safida 14 ta o‘yinda 4 ta gol urdi.
Wigry Suwałki Kądzior Wigry Suwałki bilan 1-iyul kuni doimiy shartnoma imzoladi. Klubdagi faoliyati davomida 53 uchrashuvda jami 20 ta gol urgan.
Górnik Zabrze 2017-yil 4-iyulda Górnik Zabrzega qoʻshildi. 15-iyul kuni „Legia“ga qarshi debyut oʻyinida (3:1) jami 62 daqiqa oʻynadi. Oʻzining birinchi golini 10-sentyabr kuni Termalicaga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi. 20-oktabr kuni Korona Kielce qarshi kechgan bahsda (3:3) ikkita gol urdi. Klubdagi soʻnggi uchrashuvi „Wisła Kraków“ bilan oʻtgan bahsda boʻldi.
Dinamo Zagreb Iyun oyining dastlabki kunlarida Xorvatiyaning 24sata kabi bir qancha gazetalari saytlari Kądzior chempion Dinamo Zagrebga oʻtishga yaqin ekani haqida xabar bergan edi. 18-iyun kuni klub rasmiy ravishda Kądzior va yana bir qancha oʻyinchilarning klubga qoʻshilganini eʼlon qildi. Kądziorning narxi 500 000 yevro atrofida boʻldi. Klub Kądzior 92-raqamli formada oʻynashini eʼlon qildi.
Eibar 2020-yil 29-avgustda Kądzior La Liga vakili SD Eibar bilan uch yillik shartnomaga rozi boʻldi.
Alanyasporga ijaraga 2021-yil 19-yanvarda Kądzior Alanyasporga oʻtdi. Mavsum oxirigacha ijara asosida oʻynadi.
Xalqaro faoliyati 2018-yilning may oyida Kądzior Polsha terma jamoasining Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi. Biroq 23 kishilik yakuniy tarkibga kira olmadi. 2018-yilning 11-sentyabr kuni Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻz mamlakati safida debyut qilgan. Polsha terma jamoasi safidagi ilk golini 10-iyun kuni UEFA 2020 saralashi doirasidagi Isroilga qarshi o‘yinda kiritgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJagiellonia Białystok2012—2013Ekstraklasa2010--302014—20151010--20Jami3020--50Motor Lublin2012—2013II liga14100--1412013—201432720--347Jami46820--488Dolcan Ząbki2014—2015I liga14200--1422015—201617521--196Jami31721--338Wigry Suwałki2015—2016I liga14400--1442016—2017331462--3916Jami471862--5320Górnik Zabrze2017—2018Ekstraklasa371072--4412Dinamo Zagreb2018—2019Prva HNL2864280-4082019—202030103340103813Jami581675120107821Eibar2020—2021La Liga6020--80Alanyaspor2020—2021Süper Lig11010--120Jami faoliyati2395929101201028169 Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Polsha 2018 3 0 2019 1 1 2020 2 0 Jami 6 1
Xalqaro gollari
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Kądzior golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
+Damian Kądzior tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2019-yil 10-iyun Narodowy stadioni, Varshava, Polsha 4—0 4—0 UEFA Yevro-2020 saralashi
Yutuqlari
Klub Dinamo Zagreb
Xorvatiya birinchi ligasi : 2018—2019, 2019—2020 Xorvatiya Superkubogi : 2019
Individual ; Dinamo Zagreb
2020-yilning eng yaxshi futbolchisi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari