Fran Karačić (1996-yil 12-mayda tugʻilgan) — Xorvatiyalik professional futbolchi, B Seriyaning “Breshiya” jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi. U Xorvatiyada tugʻilgan boʻlsada, Avstraliya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi vazifasida oʻynaydi.
Klubdagi karyerasi 2021-yil 14-yanvarda Karačić ikki yarim yillik shartnoma asosida B Seriyaning “Breshiya” jamoasiga kelib qo‘shiladi.
Xalqaro karyera Karačićning otasi Sidneyda tugʻilganligi sababli u Xorvatiya yoki Avstraliyani terma jamoa sifatida tanlash huquqiga ega edi.
2017-yilda Karačić Xorvatiya yoshlar terma jamoasida yil davomida bir necha o‘yin o‘tkazdi, yoshligidan Avstraliyada katta bo‘lgan va Yevropa sharoitiga o‘rganmagan yosh futbolchi Xorvatiya yoshlar futbol terma jamoasida muvaffaqiyat qozona olmadi va bir yildan so‘ng Avstraliya terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi. FIFA futbolchining yangi terma jamoada o‘ynashni boshlashi mumkinligini tasdiqladi.
2018-yil may oyida Karačić Avstraliyaning Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun dastlabki 26 kishilik tarkibiga kiritildi. 2018-yilning 25-mayida u FIFA tomonidan Avstraliya terma jamoasini himoya qilish uchun rasman ruxsat oldi. Shuncha urunishlarga qaramay keyinchalik Karachich yakuniy tarkibdan chetlashtirildi'Almost Socceroo' Karacic: No regrets over chasing World Cup spot theworldgame.sbs.com.au.
Karačić 2021-yil iyun oyida 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi oʻyinlari uchun yana Avstraliya terma jamoasiga chaqirildi va u yerda Quvaytga qarshi oʻzining ilk debyut uchrashuvini oʻtkazdi.
U 2022-yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati uchun Avstraliya terma jamoasiga safiga kiritilgan. Ushbu musobaqada Avstraliya terma jamoasi Fransiya, Daniya va Tunisga qarshi bahs olib borib, guruh bosqichidan Fransiyadan keyingi 2-o‘rinda keyingi bosqichga chiqdi.
Karyera statistikasi
Xalqaro Avstraliya YilOʻyinlarGollar 2021-yil 6 1 2022-yil 5 0 Jami 11 1 +Sana, joy, raqib, hisob, natija va raqobat boʻyicha xalqaro gollar No Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 11-iyun Jabir al-Ahmad xalqaro stadioni, Quvayt Siti, Quvayt 2 – 0 3–0 FIFA 2022 Jahon chempionati saralashi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Xorvatiya Birinchi ligasi futbolchilari
Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari