Maksim Sergeyevich Fedin () (1996-yil 8-iyunda tugʻilgan) — qozogʻistonlik professional futbolchi, „Irtish“ klubi yarim himoyachisi.
Faoliyati
Klub
Bayterek Astana Fedin Irtish Pavlodar yoshlar maktabida tahsil olgan. 2014-yilgi mavsumda u Bayterek bilan oʻynab, 26 oʻyin oʻtkazgan va 3 ta gol urgan.
Spartak Subotica Fedin „Spartak Subotica“ ga 2015-yilning yanvarida kelib qoʻshilgan, biroq jarohati sabab 2014/15-yilgi mavsum oxirigacha oʻynay olmagan. U Superligadagi debyutini 2015/16-yilgi mavsumning 7-turida „Metalac“ga qarshi oʻtkazgan.
Atyrau 2016-yil 9-iyul kuni Fedin Qozogʻiston Premer-ligasi vakili „Atyrau“ bilan shartnoma imzolagan.
Okzhetpes 2017-yilning 12-yanvarida Fedin „Okzhetpes“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Tobol 2018-yil 25-dekabrda „Tobol“ klubi Fedin bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Fedin 2019-yil 31-dekabrda „Tobol“ bilan shartnomasini 2020-yil oxirigacha uzaytirgan.
2020-yilning 4-aprelida Fedin 2020-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida oʻtkazish uchun "Kaisar " klubiga oʻtgan.
Turan 2022-yil yanvar oyida Fedin Turanga qoʻshilgan, 2022-yil iyun oyida oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qilgan.
Ordabasi 2022-yil 15-iyulda Ordabasi Fedin bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati Maksim Fedin Qozogʻiston terma jamoasining barcha yoshlar jamoalarida, yaʼni U17, U19 va U21 oʻyin amaliyotiga ega boʻlgan. 2017-yilning 10-iyun kuni u Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida Daniyaga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinida ishtirok etgan, biroq zahirdan maydonga tushirilmagan. U 2018-yil 5-iyun kuni Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun terma jamoadan chaqiruv olganKAZAKHSTAN NATIONAL TEAM SQUAD FOR MATCH WITH AZERBAIJAN at KFF.kz, retrieved 5-6-2018. Lekin bu oʻyinda ham zahirada qolib ketgan. U 2018-yilning 13-oktyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Latviyaga qarshi oʻyinda terma jamoa safida debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub + Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogiQitʼa Boshqa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Spartak Subotica 2015—2016 Serbiya Superligasi 5 0 1 0 - - 6 0 Atirau 2016 Qozogʻiston Premyer-ligasi 13 1 2 0 - - 15 1 Okzhetpes 2017 Qozogʻiston Premer-ligasi 26 2 2 1 - - 28 3 Tobol 2018 Qozogʻiston Premyer-ligasi 28 2 2 0 4 2 - 34 4 2019 33 5 4 2 2 0 - 39 7 2020 0 0 0 0 0 0 - 0 0 Jami 61 7 6 2 6 2 - - 73 11 Kaisar (Ijara) 2020Qozogʻiston Premyer-ligasi 15 1 0 0 1 0 0 0 16 1 Aktobe 2021Qozogʻiston Premyer-ligasi 24 2 4 0 - - 28 2 Turan 2022Qozogʻiston Premyer-ligasi 6 0 0 0 - - 6 0 Karyerada jami 150 13 15 3 7 2 0 0 172 18
Xalqaro Qozogʻiston terma jamoasi YilOʻyin Gol 2018 4 0 2019 8 1 2020 4 0 2021 1 0 Jami 17 1
Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2019-yil 11-iyun Astana Arena, Nur-Sulton, Qozogʻiston 2 — 0 4-0 UEFA Yevro-2020 saralashi
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Bayterek futbolchilari Turkum:FK Spartak Subotica futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:FC Tobol jamoasi futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Turan futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari