Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi Butun Nepal Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi va ayollar xalqaro futbol musobaqalarida Nepal sharafini himoya qiladi. Nepaldagi ayollar futbolining rasmiy shiori: „Futbol oʻzgarishlar uchun“. Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Fonfederatsiyasi va Janubiy Osiyo Futbol Federatsiyasi aʼzosi boʻlib, hali biron marta ham FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqa olmagan.
Tarixi thumb| 1984-yilda Nepal ayollar futbolidagi birinchi xalqaro futbol oʻyini Nepal 1980-yillarning oʻrtalarida ayollar terma jamoasini tuzgan va Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi 1986-yilda ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida debyut qilgan. Turnir boshlanishida Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi rasmiy oʻyinini Gonkong ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi (1986-yil 14-dekabr), lekin unda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasii ham 1986, 1989 va 1999-yillarda AFC Osiyo kubogining soʻnggi uch bosqichida qatnashgan va birontasida ham guruh bosqichidan nariga oʻtmagan. Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi sobiq chempion Tailand, Indoneziya va Gonkong bilan bir qatorda ikki nisbatan kuchli jamoalar bilan qiyin guruhda oʻzini koʻrsatdi. 1989-yilda Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi AFC ayollar chempionatida yana oʻsha raqiblarga qarshi oʻynadi, faqat Tailand oʻrniga Yaponiya terma jamoasi edi.
Oʻsish davri Nepalda ayollar futbolining tiklanishi birinchi marta 2009-yilda milliy ligalar qayta tiklanganidan keyin amalga oshirilgan. Bungacha Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi 5 yil davomida xalqaro oʻyin oʻtkazmagan edi. Shunga qaramay, Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi yili ikkita boʻlajak yirik xalqaro turnirga tayyorgarlik koʻrishni boshladi. 2010-yilda nepallik ayol futbolchilar uyga ikkita ikkinchi oʻrin bilan qaytishdi: biri 11-Janubiy Osiyo oʻyinlari, ikkinchisi esa SAFF ayollar futbol chempionati kumush medali edi. Cheklangan tayyorgarlik, resurslar va erkaklar jamoasiga nisbatan kamroq eʼtiborga qaramay, Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro miqyosda juda yaxshi natijalarga erishdi. Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Osiyo oʻyinlarida Shri-Lankani 8:0, SAFF ayollar chempionatida Afgʻonistonni 13:0, Pokistonni esa 11:0 hisobida magʻlub etishdi. Hujumchi Anu Lama SAFF yulduzi boʻlib, uchta xet-trik qayd etib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Biroq, Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi SAG finalida Hindiston ayollar terma jamoasiga 0:5 hisobida magʻlub boʻldi.
2010-yildan buyon Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining tiklanishidan soʻng ayollar jamoasi FIFA reytingida 22 pogʻonaga koʻtarildi.
Jamoa tasviri
Jamoa taxallusi Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi „Nepal Chelis“ nomi bilan tanilgan.
Jamoa uy stadioni right|thumb| Dasharat Rangasala stadioni, 2008-yil Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining uy maydoni butun mamlakat boʻylab turli xil boʻlib, asosiy uy stadioni Nepal milliy futbol jamoasi bilan Nepalning Katmandu markazidagi Dasarath Rangasala stadionida joylashgan. 25 000 tomoshabinga ega, 20 000 oʻrindiqli bu stadion Nepaldagi eng katta stadiondir. U Nepal shahidlaridan biri Dashrat Chand sharafiga nomlangan. 2013-yilda Nepalda boʻlib oʻtgan SAFF chempionatidan oldin Dasarath Rangasala jiddiy taʼmirdan oʻtkazilib, oʻrindiqlar soni 20.000 dan 25.000 gacha kengaytirildi.
Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha vaqtlar natijalari Quyida Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.; Ushbu roʻyxatni tuzishda Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan.
Raqib terma jamoalarIlk uchrashuvOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati20102200201 +1920106511134 +920144400210 +211986301204−42010152211936−2719863102215−132019110030 +319892002028−282013110080 +82019110082 +62016310235−220105500250 +2520184013310−720104400290 +291999200217−62013220090 +920107700240 +242019110010 +119862002010−1019993003311−8Jami19866836428181128+53
Murabbiylar shtabi va jamoa rasmiylari Bosh murabbiy Kumar Thapa Menejer Pema Dolma Lama Yordamchi murabbiy Aruna Gurung Darvozabonlar murabbiyi Ashmita Xavas Jamoa fiziologiyasi Navina Shrestha Texnik xodim Subash Neupan
Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
Hozirgi tarkib 2019-yil 3-aprelda boʻlib oʻtadigan AFC ayollar oʻrtasidagi 2020-yilgi Olimpiya saralash turnirida (ikkinchi bosqich) quyidagi futbolchilar Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chqarilgan.
Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasi mashhur futbolchilari
Rama Singh Anu Lama Jamuna Gurung Sajana Rana Sabitra Bhandari Lila Lamgade
Lila Lamgade: 2013, 2014 va 2015-yillarning eng yaxshi darvozaboni
Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari
Mintaqaviy
SAFF ayollar chempionati Ikkinchi oʻrin: 2010, 2012, 2014, 2019, 2022
Janubiy Osiyo oʻyinlari Ikkinchi oʻrin: 2010, 2016, 2019
Boshqa turnirlar
Nadejda kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019-yil
Ayollar oltin kubogi Ikkinchi oʻrin: 2019-yil
Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Nepal ayollar terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 1991-yil Kiritilmadi 1995-yil 1999-yil 2003-yil Chiqib ketdi 2007-yil Kiritilmadi 2011-yil 2015-yil 2019-yil / 2023-yil Saralashdan oʻta olmadi 2027 Aniqlanmoqda Jami 0/8 0 0 0 0 0 0 0
AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Nepal ayollar milliy terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati Ochkosi 1975-yil Nepal ayollar milliy terma jamoasi yoʻq edi 1977-yil 1979-yil 1981-yil 1983-yil 1986-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 0 12 −12 0 1989-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 0 25 −25 0 1991-yil Kiritilmadi 1993-yil 1995-yil 1997-yil 1999-yil Guruh bosqichi 4 0 0 4 1 30 −29 0 2001-yil Kiritilmadi 2003-yil 2006-yil 2008-yil 2010-yil 2014-yil 2018-yil 2022-yil Saralashdan oʻta olmadi Jami 3/20 10 0 0 10 1 67 -66 0
SAFF ayollar chempionati SAFF ayollar chempionatida Nepal ayollar milliy terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochkosi 2010-yil Ikkinchi oʻrin 5 4 0 1 34 1 +33 12 2012-yil Ikkinchi oʻrin 5 4 0 1 24 4 +20 12 2014-yil Ikkinchi oʻrin 5 4 0 1 17 6 +11 12 2016-yil Yarim final 4 3 0 1 19 3 +16 9 2019 Ikkinchi oʻrin 3 2 0 1 7 3 +4 6 2022 TBD Jami 5/5 22 17 0 5 101 17 +84 51
Janubiy Osiyo oʻyinlari Janubiy Osiyo oʻyinlarida Nepal ayollar milliy terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochkosi 2010-yil Kumush 5 3 0 2 17 9 +8 9 2016-yil Kumush 5 3 1 1 9 4 +5 10 2019 Kumush 4 2 0 2 4 3 +1 6 2023-yil Aniqlanmoqda Jami 3/3 14 8 1 5 30 16 +14 25
Boshqa turnirlar Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati 2019-yilgi ayollar oltin kubogi Ikkinchi oʻrin 4 2 0 2 6 7 -1 2019-yil Nadejda kubogi Ikkinchi oʻrin 4 2 0 2 11 7 +4
Yana qarang Nepal milliy futbol terma jamoasi
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt, the-ANFA.com
Turkum:Osiyo ayollar milliy futbol assotsiatsiyasi jamoalari