alt=Sano City Hall 佐野市役所|thumb| Sano shahar hokimiyati Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda, aholi soni 117.669 kishini tashkil etgan, 52.066 ta xonadondan iborat boʻlib, aholi zichligi 1 km2 ga 330 kishini tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 356,04 kvadrat kilometr (137,47 mi²) ga teng. Shahar Outlet Mall, Sano Yakuyoke Daishi ibodatxonasi va mahalliy xilma-xil ramenlar ayniqsa Sano Ramen bilan mashhur. Yaqinda Sano Yaponiyadagi kriket uyi sifatida xalqaro eʼtirofga sazovor boʻldi.

Geografiyasi Sano shimoliy Kanto tekisligida, janubi-gʻarbiy Tochigi prefekturasi hududida joylashgan boʻlib, gʻarbda Gunma prefekturasi bilan chegaradosh.

Atrofdagi munitsipalitetlar Tochigi prefekturasi

Ashikaga Kanuma Tochigi

Gunma prefekturasi

Tatebayashi Midori Kiryu Itakura

Iqlimi Sano nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Sanoda oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi.

Demografiyasi Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraSano population statistics, Sano shahri aholisi soni 1990-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shu vaqtdan buyon ancha kamaygan.

Tarixi Edo davrida Sano qal’a shaharchasi va Sano domenidagi Daimyoning oʻrni boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Tochigi, Aso tumanida Sano shahri yaratildi. Sano 1943-yil 1-aprelda qoʻshni Inubushi va Horigome shaharlari hamda Sakai va Hatagava qishloqlari bilan birlashgandan soʻng shahar maqomiga koʻtarildi. Shahar 1955-yil 1-yanvarda Inazuma qishlogʻini (Ashikaga tumanidan), 1955-yil 1-aprelda Akami shahrini (Aso tumanidan) oʻziga qoʻshib oldi.

2005-yil 28-fevralda Sano Kuzu va Tanuma shaharlarini (ikkalasi ham Aso tumanidan) oʻzlashtirdi.

Hukumat Sano toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 26 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Sano shahrida Tochigi prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Tochigi 5-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari boʻlib, Kanpyo, kurkuma va ismaloq yetishtirish asosiy qishloq xoʻjalik sohasi hisoblanadi. Shahar tobora qoʻshni Utsunomiya uchun yotoqxona shaharchaga aylanib bormoqda.

Taʼlim tizimi Sanoda shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 26 ta davlat boshlangʻich maktabi va 11 ta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi mavjud. Prefekturada bitta oʻrta maktab ham bunyod etilgan. Shuningdek, uchta xususiy oʻrta maktab ishlaydi. Sano shahrida Sano kolleji kompusi joylashgan.

Sport Sano Yaponiya Kriket Assotsiatsiyasining bosh qarorgohi hisoblanadi va xalqaro jamoalar oʻrtasida bir qator kriket oʻyinlariga mezbonlik qildi. 2016-yil 22-martda Sano shahrida Sano xalqaro kriket maydonchasi ochilishi eʼlon qilindi, u Yaponiyaning birinchi maxsus kriket maydonchasi boʻlib, foydalanish uchun boshqa sport turlari bilan raqobatlashmaydi.

Transporti

Temir yoʻl 20x20px JR Sharqiy yoʻnalish — Ryomo liniyasi

Sano

40x40px Tobu temir yo'li — Tobu Sano liniyasi

Tajima — Sanoshi — Sano — Horigome — Yoshimizu — Tanuma — Tada — Kuzū

Magistral yoʻl

Tōhoku tezkor yoʻli — Sano-Fujioka almashinuvi, Sano Servis maydoni Kita-Kantō tezkor yoʻli — Izuruhara avtoturargohi, Sano-Tanuma almashinuvi Milliy yoʻnalish 50 Milliy yoʻnalish 293

Avtobus

Sano Shintoshi avtobus terminali

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Shozo Tanakaning uyi Sano qal’asi xarobalari

Xalqaro munosabatlar

Lancaster, Pennsilvaniya, AQSH Quzhou, Xitoy, friendship city since 1997 Quzhou government information

Sanodan chiqqan taniqli odamlar

Shodzo Tanaka, siyosatchi, ijtimoiy faol Takuro Ishii, professional beysbolchi Tatsuya Ozeki, professional beysbolchi Shunsuke Ishikava, professional beysbolchi Kyogo Kavaguchi, qoʻshiqchi-qoʻshiq muallifi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt

Turkum:Tochigi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Sano (Tochigi)