right|thumb|250x250px| Shimotsuke Kokubun-jining qayta tiklangan qismi Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda 24.654 ta xonadonda 60.274 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 810 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 74,59 kvadrat kilometr (28,80 mi²) ga teng.

Geografiyasi Shimotsuke Tochigi prefekturasining janubiy qismida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar Tochigi prefekturasi

Utsunomiya Oyama Tochigi Mooka Mibu Kaminokava

Iqlimi Shimotsuke nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Shimotsukeda oʻrtacha yillik harorat 13,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1373 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,4 °C atrofida boʻladiShimotsuke climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraShimotsuke population statistics, Shimotsuke aholisi soni uzoq vaqt oʻsishdan soʻng yaqin yillarda yana pasyishni boshlagan.

Tarixi Shimotsuke shahri 2006-yil 10-yanvarda Minamikavachi (Kavachi tumanidan) hamda Kokubunji va Ishibashi (ikkalasi ham Shimotsuga tumanidan) shaharlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Hukumat Shimotsuke toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shimotsuke shahrida Tochigi prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining quyi palatasining Tochigi 1-okrugi va Tochigi 4-okrugi oʻrtasida boʻlib olingan.

Iqtisodiyoti Qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Lekin soʻnggi yillarda shahar qoʻshni Utsunomiya uchun yotoqxona vazifasini oʻtovchi hududga aylanib bormoqda.

Taʼlim tizimi

Shimotsuke shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn ikkita davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shuningdek, Jichi tibbiyot universitetining binosi ham shu yerda joylashgan

Transport

Temir yoʻl 20x20px JR Sharqiy yoʻnalish — Tohoku magistral liniyasi (Utsunomiya liniyasi)

Koganei — Jichiidai — Ishibashi

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 4 Milliy yoʻnalish 352

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Shimotsuke Kokubun-ji xarobalari, Milliy tarixiy joy Shimotsuke Kokubunni-ji xarobalari, Milliy tarixiy joy Shimotsuke Yakushi-ji ibodatxonasi va Dokyo qabri, Milliy tarixiy joy Kabutozuka Kofun, Milliy tarixiy joy Koganei Ichirizuka, Milliy tarixiy joy

Xalqaro munosabatlar

 — Dietzhölztal, Hessen, Germaniya — doʻstlik shahri Germany Embassy in Japan

Shimotsukedan chiqqan taniqli odamlar

Eiji Ochiai, professional beysbolchi Arisa Komiya, dublyaj aktrisasi Galereya

Manbalar

Havolalar

Veb -sayt

Turkum:Tochigi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Shimotsuke (Tochigi)