thumb| Polaris RZR XP 900 Polaris RZR ( — „ustara“) — Polaris Industries kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan SxS (side-by-side) sport mashinasidir. 2007-yilda rasman Ranger RZR nomi bilan 2008-yil modeli sifatida taqdim etilgan. Ushbu model kompaniyaning „Ranger“ nomli modelining kichikroq koʻrinishdagisidir. RZR mashhurlikka erishgandan soʻng, Polaris kompaniyasi Ranger belgisidan voz kechdi va RZRni mustaqil model sifatida taqdim eta boshladi.
AQShda RZR modellari thumb|MRZR-4 ning LT-ATV varianti thumb|Polaris RZR XP Turbo ProStar
Fuqarolik modellari
RZR 170 RZR 570 RZR 800 RZR S 800 RZR 900 RZR S 900 RZR XP 900 RZR S 1000 RZR XP 1000 RZR XP Turbo RZR XP Turbo S RZR RS1 RZR Turbo R RZR Pro R
Harbiy modellar
MRZR-2 MRZR-4 MRZR-D2 MRZR-D4
Harbiy jihatdan foydalanish thumb| 21-maxsus taktika otryadi, C-130 Herculesga Polaris MRZR-4 ni yuklash jarayoni. AQSh Maxsus operatsiyalar qoʻmondonligi (USSOCOM) 2013-yil sentabr oyida Polaris Defence kompaniyasiga 1500 tagacha MRZR-2 (2 oʻrinli) va MRZR-4 (4 oʻrinli) mashinalariga buyurtma beradi. Ushbu yangi kichik harbiy mashinalarning katta kamchiliklari shunda ediki, ular oʻzlarining asl benzinli dvigatellarini saqlab qolishganligidir. Ushbu dvigatellar esa standart harbiy JP-8 yoqilgʻisiga mos kelmaydi. Logistika nuqtai nazaridan, ikki xil yoqilgʻi turini tashish biroz mantiqsizdir. Bunday mashinalarning bir nechta turi jangovar maqsadlarda foydalaniladi. Lekin oddiy fuqarolar mashinalarni dizel yoqilgʻisida xaydashdan manfaatdor emasligi sababli, kompaniya mashina dvigatelni oʻzgartirmadi. thumb| AQSh armiyasining S.O.F. boʻlinmasi CH-47 vertolyotidan RZR 800 ni tushirmoqda. 2016-yil noyabr oyida AQSh dengiz piyodalari korpusi Polaris kompaniyasi bilan 144 ta MRZR-D avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha 2,5 million dollarlik shartnoma imzoladi. Utility Task Vehicle (UTV) deb nomlanuvchi mashina dizel yoqilgʻisi bilan ishlashga moʻljallangan va JP-8 yoqilgʻisida ishlay oladi. Dengiz piyodalari zirhsiz transport vositalarini sotib oldilar, chunki mashina MV-22 Osprey konvertoplani (vint qanotli uchish apparati) ichiga sigʻardi. Bu esa ularni uzoq masofalarga tashishda, quruqlikdagi jangovar boʻlinmalarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashda, yuklarni piyoda yurishga qaraganda tezroq va osonroq tashishga yordam beradi. Mashinalar toʻrtta dengiz piyodasini olib yurishi mumkin va yuk koʻtarishga qodir boʻlgan kichik yuk platformasiga ega. 2017-yilning yanvar oyi oxiridan aprel oyigacha AQShning har bir piyoda polk uchun 18 ta MRZR-D avtomobillari yetkazib berildiMarine Corps to Equip Infantry Units with Polaris ATVs — DoDBuzz.com, 27 September 2016Marine grunts to get new all-terrain vehicles for missions — MarineCorpstimes.com, 22 November 2016Marine Grunts Will Start Getting ATVs in January — Defensetech.org, 23 November 2016.
2010-yilda Afgʻonistonning Qandahor viloyati, Maʼruf tumanidagi amaliyotlar chogʻida AQSh armiyasining maxsus operatsiyalar boʻyicha vazifalar guruhi/janubi () askarlari CH-47 Chinook vertolyoti bilan qulay tashish va tez tushirish mumkin boʻlgan Polaris RZR 800 yengil-taktik vezdixodlaridan (LT-ATV) ham foydalangan.
Qirollik dengiz floti Qirollik dengiz piyodalari uchun Polaris MRZR-D4 UTV mashinalarining partiyasini sotib oldi va MRZR versiyasi bir necha yillardan buyon Buyuk Britaniya maxsus kuchlari tomonidan foydalanilmoqda.
Joriy operatorlar thumb| Polaris RZR ning harbiy operatorlari
thumb| Dengiz havo mudofaasi qoshinlari integratsiyalashgan tizimi (L-MADIS)
Argentina armiyasi
Hindiston armiyasi
Yangi Zelandiya armiyasi
Milliy Respublika gvardiyasi (Favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va yordam boʻlinmasi) Portugaliya armiyasi (Maxsus operatsiyalar qoʻshinlari markazi)
Turkmaniston Qurolli Kuchlari
Qirollik dengiz piyodalari Buyuk Britaniya maxsus kuchlari
Amerika Qoʻshma Shtatlari Maxsus operatsiyalar qoʻmondonligi Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalari korpusi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiya kuchlariga. Oʻzbekiston
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabarga koʻra, 2022-yil 4-noyabr kuni AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiya kuchlariga umumiy qiymati 2,8 million dollarlik 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar mashinalarni hadya qildi.
Ushbu jangovar mashinalarni AQSh tomonidan Markaziy qoʻmondonlik qoʻmondonining oʻrinbosari general-mayor Vendul Xagler topshirgan, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qoʻshinlar boshqarmasi boshligʻi qabul qilib oldi. Ma’lum qilinishicha, bu mashinalar AQSh Mudofaa vazirligining «Hamkorlar salohiyatini oshirish» dasturi doirasida taqdim etilgan. Bu Amerikaning Oʻzbekistonga hadya qilgan mudofaa mahsulotlarining bir qismi ekanligi aytilmoqda .
Yongʻin xavfi va eslatmalar thumb| Mojave choʻlida Polaris RZR yonmoqda
2014-yil iyul oyida Texaslik 11 yoshli qiz ketayotgan Polaris agʻdarilib, yonib ketgan. Qiz tanasining 60 % 3 va 4-darajali kuygan edi. Keyinroq uning oʻng oyogʻi va chap oyogʻi amputatsiya qilingan. 2015-yil iyul oyida ichida yoʻlovchisi boʻlgan RZR yonib ketishi oqibatida 15 yoshli qiz halok boʻldi. 2016-yil sentabr oyida Arizona shtatida ikkita ayol Polarisda agʻdarilib ketgan. Yongʻin chiqishi oqibatida ular halok boʻldi.
2018-yil aprel oyida Polaris isteʼmolchi mahsuloti xavfsizligi komissiyasi (CPSC) tomonidan 2016-yilda yongʻin xavfi bilan bogʻliq oʻz vaqtida berilmagan hisobot uchun ikkita daʼvo arizasi sababli rekord darajadagi 27,5 million dollar jarimaga tortildi — startribune.com, 2 April 2018. CPSCning iddaosiga koʻra Polaris kompaniyasi 150 ta RZR yongʻinlari, jumladan, yuqorida aytib oʻtilgan 15 yoshli yoʻlovchining oʻlimi, kuyish jarohatlari haqida 11 ta xabar va 10 gektar yerni yonib ketishi haqida xabarlar olgan. Ammo CPSCni bu haqda darhol xabardor qilmagan. Yillar davomida Polaris yongʻin, kuyish yoki oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarishdagi nuqsonlar uchun yarim milliondan ortiq RZRni qaytarib oldi — motleyfool.com 13 Apr 2017. Biroq, RZR egalari taʼmirlangandan soʻng qaytarilgan transport vositalarida yana yongʻinlar sodir boʻlgani haqida xabar berishda davom etmoqdalar, (shu jumladan, mashinaning butunlay yonib ketish holati haqida ham).
2019-yilning may oyida Aydaxo shtatida yashovchi29 Sept 2019 23 yoshli yigit minib ketayotgan RZR yonib ketishi oqibatida halokatli kuyish jarohatlari oldi. (ushbu mashina 2017-yilgi RZR boʻlib, 2018-yilgi qayta chaqiruv ostida taʼmirlanganiga qaramay)
Texnik xususiyatlari
RZR 570RZR 800RZR S 800RZR XP 900RZR XP 1000RZR S 900RZR S 1000RZR XP TurboRZR XP Turbo SRZR PRO XPRZR Turbo RRZR Pro RModel chiqarilgan yili201220082009201120142015201620162018202020222022Ot kuchi45525688/9610775100144168181181225Joy oʻzgartirishi (cc)5677607608759998759999259259259251997Kengligi505060646460606472647474Gʻildiraklar bazasi77777781.490797990909696104.5Uzunligi107.5102106108119105106119122126128136.5Klirans1010121313.51112.513.51614.51616Old shinalar oʻlchami25 x 8-1225 x 8-1226 x 9-1227 x 9-1229 x 9-1426 x 8-1227 x 9-1229 x 9-1432 x 10-1530 x 10-1432 x 10-1532 x 10-15Orqa shinalar oʻlchami25 x 10-1225 x 10-1226 x 12-1227 x 11-1229 x 11-1426 x 9-1227 x 11-1229 x 11-1432 x 10-1530 x 10-1432 x 10-1532 x 10-15Old gʻildirakning harakatlanishi991213.51612.2512.2516191722.2522.25Orqa gʻildirakning harakatlanishi9.59.512141813.213.218212022.424.5Quruq vazn (lbs.)9709451,0001,1901,3791,1481,2351,4951,7511,7591,9432,085 Yuqoridagi raqamlar birinchi mavjud model yiliga tegishli. Agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, birliklar dyuymlarda hisoblansin. Raqamlar ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan.
Manbalar
Havolalar
2018 Polaris RZR modellari | Polaris RZR
Turkum:Harbiy texnika