Édgar Badía Guardiola () (1992-yil 12-fevralda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Elche CF jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Espanyol Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Badía mahalliy RCD Espanyolning akademiyasida futbol saboqlarini olgan. U oʻzining birinchi mavsumlarini Segunda B jamoasida oʻtkazgan.
2012-yil 11-yanvarda Badía asosiy tarkibdagi rasmiy debyutini oʻtkazgan va Ispaniya Kubogining 1/8 finalida Kordobaga qarshi oʻyinda (umumiy 5:4) 90 daqiqa davomida harakat qilgan. U keyingi oʻyinlarini yana B jamoa tarkibida oʻtkazgan.
Reus Badía Granada CF bilan 2013-yil iyul oyida shartnoma imzolagan va uchinchi divizionda zaxira oʻrindizgʻidan joy olgan. Keyingi yilning 20-yanvarida u andalusiyaliklar bilan shartnomasini bekor qilgan va liganing boshqa bir jamoasi CF Reus Deportiuga oʻtgan.
Badía 2016-yilda Segunda divizioniga koʻtarilgan, keyingi musobaqalarda klub uchun asosiy tarkib oʻyinchisiga aylangan. 2018-yilning 28-dekabrida u maoshi toʻlanmagani uchun jamoani tark etgan besh futbolchidan biri boʻlgan.
Elche 2019-yil 5-yanvarda Badia ikkinchi darajali Elche CF bilan olti oylik shartnoma imzolagan. U 2019/2020-yilgi mavsumda besh yillik tanaffusdan soʻng jamoasiga La Ligaga qaytishiga yordam bergan.
Badía Ispaniya chempionatidagi debyutini 2020-yil 26-sentyabrda oʻz maydonida „Real Sosedad“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolEspanyol B2009—2010Segunda Divizión B00——002010—2011Tercera Divizión??——??2012—2013Segunda Divizión B160——160Jami??0000??Espanyol2011—2012La Liga0010—10Granada B2013—2014Segunda Divizión B30——30Reus2013—2014Segunda Divizión B8000—802014—2015Segunda Divizión B38000204002015—2016Segunda Divizión B37050404602016—2017Segunda Divizión42000—4202017—2018Segunda Divizión40000—4002018—2019Segunda Divizión19000—190Jami184050601950Elche2018—2019Segunda Divizión19000—1902019—2020Segunda Divizión38000404202020—2021La Liga30000—300Jami8700040910Karyerada jami2900601003060
Yutuqlari Ispaniya U19
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2011
Ispaniya U17
FIFA U-17 Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2009
Manbalar
Havolalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari
Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar