Piers Sellers (talaffuzi: Pier Sales 1955-yil 11-aprel – 2016-yil 23-dekabr) meteorolog, NASA astronavti va NASA/GSFCda Yer fanlari boʻlimi direktori. U uchta Space Shuttle missiyasining faxriysi hisoblanadi. Piers 1973-yilgacha, Buyuk Britaniyadagi Cranbrook maktabida oʻqigan. 1976-yilda Edinburg universitetida ekologiya fanlari boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Piers 1981-yilda Leeds universitetida biometeorologiya boʻyicha doktorlik darajasini oldi. 2011-yilda Piers NASA astronavtlar korpusidan nafaqaga chiqdi.
Astronavtlar korpusiga qoʻshilishdan oldin Piers NASA Goddard kosmik parvozlar markazida Yer biosferasi va atmosferasining oʻzaro taʼsirini oʻrganish boʻyicha ishlagan.
Shaxsiy hayoti Sellers Sussexning Crowborough shahrida tugʻilgan. Uning taʼlimi Sharqiy Sussexdagi Seaford shahridagi Tyttenhanger Lodge tayyorgarlik maktabida boshlangan. Maktabni 1973-yilda tugatgan va qirollik havo kuchlari kursanti sifatida planerlar va motorli samolyotlarni boshqarish uchun oʻqitilgan. U Edinburg universitetida ekologiya fanlari boʻyicha bakalavr darajasini va Leeds universitetida biometeorologiya boʻyicha doktorlik darajasini oldi. Sellers Hebden Bridge, Yorkshire shahridagi hamshira Amanda Lomasga uylangan.
2016-yil yanvar oyida unga oshqozon osti bezi saratonining 4-bosqichi tashxisi qoʻyilganligini maʼlum qilindi. Sellers 2016-yil 23-dekabrda 61 yoshida vafot etdi.
Faoliyati Sellers va uning rafiqasi 1982-yilda Buyuk Britaniyani tark etib, Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi. U oʻzining NASAdagi faoliyatini Merilend shtati Greenbelt shahridagi Goddard kosmik parvozlar markazida tadqiqotchi meteorolog sifatida boshladi. Sellersning meteorologiya sohasidagi ishi, birinchi navbatda, iqlim tizimlarini modellashtirishga qaratilgan edi. Sellers 1984-yildan har yili astronavt boʻlish uchun ariza berishni boshladi, ammo unda AQSh fuqaroligi yoʻqligi, bunga toʻsqinlik qildi. 1991-yilda u Amerika Qoʻshma Shtatlarining fuqaroligini oldi.
NASA faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/08/Piers_Sellers_spacewalk.jpg/220px-Piers_Sellers_spacewalk.jpg|thumb| STS-121 paytida Sellers kosmik sayohatni amalga oshirmoqda Sellers 1996-yil aprel oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlandi. U 1996-yil avgust oyida NASA Jonson kosmik markaziga kelib qoʻshildi. U ikki yillik oʻqitish va baholashni tugatdi va dastlab Astronavtlar ofisining kompyuterni qoʻllab-quvvatlash boʻlimida texnik vazifalarni bajarish uchun tayinladi. Sellers kosmosda 559 soatdan ortiq vaqt boʻlib, shu jumladan 6 ta kosmik yurishda deyarli 41 EVA soatni oʻtkazdi. U 2011-yilda astronavt sifatida nafaqaga chiqdi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/01/Sts132_mission_poster.jpg/220px-Sts132_mission_poster.jpg|thumb| STS-132 missiyasi plakati STS-132 Space Shuttle Atlantis (2010-yil 14-26 may) Xalqaro kosmik stansiyani yigʻish missiyasi edi. Asosiy yuk rossiya mini-tadqiqot moduli va integratsiyalangan yuk tashuvchisi-vertikal yorugʻlik (ICC-VLD) boʻlgan. Bu Atlantisning oxirgi rejalashtirilgan missiyasi edi.
Faxr va mukofotlar
1994-yil NASAning ajoyib ilmiy yutuqlar medali 1995-yil Artur Fleming mukofoti 1996-yil Amerika Geofizika Ittifoqi aʼzosi 1997-yil Amerika meteorologiya jamiyati Houghton mukofoti va Amerika meteorologiya jamiyati aʼzosi
Sellers 2011-yilda fanga xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) ofitseri etib tayinlangan. U 2016-yil iyun oyida NASAning „Hizmat koʻrsatgan“ medali bilan taqdirlangan.
2017-yil aprel oyida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining isteʼfodagi admirali va Koinot fondi direktorlar kengashi raisi James Ellis Sellersni oʻlimidan soʻng General Jeyms E. Xillning umr boʻyi kosmik muvaffaqiyat mukofoti bilan taqdirladi.
Manbalar
Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:2016-yilda vafot etganlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA