Otamdan qolgan dalalar — yozuvchi Togʻay Murod qalamiga mansub ayni nomli badiiy asar asosida rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan 1997-yilda suratga olingan murakkab syujetli film.

Syujeti Ushbu kinofilmda XIX asrning 60-yillardagi Qoʻqon xonligining Chor Rossiyasi tomonidan istilosi davri haqida hikoya qilinadi. Fargʻona vodiysida Jamoliddin ismli dehqon davom etayotgan qoʻzgʻolonning oldini olish maqsadida general Skobelev bilan koʻrishadi. Natijasiz tugagan muzokaralardan soʻng, u oilasini olib hozirgi Qirg'iziston hududiga koʻchib ketadi. Biroq, qochib ketish jarayoni tugamay turib, uning izidan tushgan hukumat askarlari uni qoʻlga olishadi. Ayoli esa oʻgʻlini dunyoga keltirib, oʻzi vafot etadi.

Keyinchalik, aynan oʻsha oʻgʻli Aqrab (Chayon) bosmachilarga qoʻshilib, oʻz vatani uchun kurashadi. Ammo, u oʻz niyatini amalga oshirmay turib, bolshevik askarlar uni otib oʻldirishadi. Otasi uchun qasd olishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan Dehqonboy (Aqrabning oʻgʻli) tarix muallimi sifatida ishlaydi hamda biroz tinch hayot kechiradi. Shunga qaramasdan uni ham xalq dushmani sifatida Sibirga surgun qilishadi. Aktyorlar tarkibi Quyida ushbu filmda rol ijro etgan aktyorlar roʻyxati keltirib oʻtilgan:

Mashrab Kimsanov (Jamoliddin, Aqrab qoʻrboshining otasi) Hoshim Arslonov (Aqrab qoʻrboshi) Mohira Nurmatova (Guljamol, Jamoliddinning xotini) Shahnoza Sobirova Erkin Xushvaqtov (tatar, Skobelev tarjimoni) Jamshid Arslonov (Nodir, Jamoliddinning oʻgʻli) Bobur Arslonov Ravshan Solihov (IIXK mahalliy boʻlim boshligʻi) Omon Abdurrazoqov (boy) Yulduz Hamidova Aʼzam Shokirjonov (Jamoliddinov, kolxoz brigadori) Toʻti Yusupova (Jamoliddinovning onasi) Nazira Abduvohidova (Jamoliddinovning xotini) Poʻlat Saidqosimov (kolxoz raisi) Saida Rametova (Klara Xodjayeva, raykom kotibasi) Muhammadjon Xolmatov Arsen Ismoilov (Ismoilov, KGB generali) Sanat Divanov (partiya ishchisi) Erkin Komilov (partiya ishchisi) Durdona Tursunbayeva Abdulxay Shermuxamedov (KGB ishchisi) Yevgeniy Dmitriyev (II) Ivanov (Bosh prokuratura tergovchisi) Lyubov Ryazanseva (Nina, qamoqxona vrachi) Zakir Muxamedjanov (mulla) Aleksandr Buzaladze (general Skobelev) Anvar Kendjayev Shaxzod Boltaboyev Adolat Kimsanova (Barxonoy) Valeriy Kirdyashev (kazak) Valeriy Korotkov Dilshot Ismailov Akmal Bazarov Matyakub Matchanov (bosmachi) Djamshid Zakirov (partiya ishchisi) Nazim Tulyaxodjayev Batirov (kinorejissyor) Azim Aymatov Sadik Mamadjanov Radjab Adashev (kolxoz ishchisi) Tuxtasin Muradov Aziza Begmatova (kolxoz ishchisi, paxta teruvchi) Djamal Xashimov (komissar) Valeriy Yuldashev (adyutant Skobeleva)

Film haqida fikrlar Rejissyorning film yaratilishi haqida fikri

Manbalar

Havolalar „Otamdan qolgan dalalar“ filmi Youtubeda

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:1997-yil filmlari Turkum:Shuhrat Abbosov filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar