Simone Perilli () (1995-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi. Hozirgi kunda Simone Perilli „Hellas Verona“ jamoasida oʻynaydi.
Biografiyasi Italiya poytaxti Rim shahrida tugʻilgan Simone Perilli faoliyatini „ SS Latzio“ klubida boshlagan. Keyin esa Simone Perilli „Roma“ klubida oʻynay boshlagan. Simone Perilli 2012-yilning yanvar oyida „Sassuolo“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Simone Perilli „Sassuolo“ klubining 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasi tarkibida oʻynagan. Simone Perilli 2012-yildan 2014-yilgacha „Sassuolo“ klubining zaxira futbolchilari qatorida boʻlgan. 2014-yilning 2-avgustida Simone Perilli Pro Liga klubi „Pro Patria“ jamoasi bilan vaqtinchalik shartnoma imzoladi. Simone Perilli „Pro Patria“ klubining birinchi posbonlari Ivano Feola va Giuseppe Messinalarning oʻrnini egalladi.
2015-yilning 5-iyulida Simone Perilli „Sassuolo“ klubidan chaqiruv oldi. Biroq, 14-iyul kuni Simone Perilli „Sassuolo“ klubi oʻrniga „Reggiana“ klubining mavsumoldi lageriga qoʻshildi. Transfer hujjatlari 28-iyul kuni yakunlandi. Simone Perilli „Reggiana“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Simone Perilli klubda Feola oʻrniga yana birinchi posbon sifatida maydonga tushdi. „Reggiana“ klubi Messinani ham qoʻyib yubordi.
2018-yil 3-iyul kuni „Perugia“ klubi Simone Perillini „Pordenone“ klubidan sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qildiBenvenuto al portiere Simone Perilli, acperugiacalcio.com, 3 July 2018.
2019-yil 13-avgustda Simone Perilli „Pisa“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
2021-yilning 1-iyulida Simone Perilli „Brescia“ klubiga oʻtdi. 2022-yilning 29-iyulida Simone Perillining „Brescia“ klubi bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan.
2022-yil 3-avgustda Simone Perilli A Seriyaning „Hellas Verona“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar