Sarg‘ish lola ( ) — loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub lola (Tulipa) turkumiga kiruvchi bir pallali  o‘simlik turi. Bu o‘simlik turini birinchi marta Orithyia dasystemon Regel ostida botanik Eduard Lyudvigovich Regel tomonidan ifodalangan, u 1879-yilda Tulipa tarkibiga kirgan.

Tarqalishi va o‘sish joyi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f5/Soviet_stamps_1974_10k_Tulipa_dasystemon.JPG/250px-Soviet_stamps_1974_10k_Tulipa_dasystemon.JPG|left|thumb|337x337px| Sarg‘ish lola tasvirlangan sovet pochta markasi (1974-yil) Mazkur o‘simlik turi Xitoy (Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati), Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan topilgan .

Dengiz sathidan 2500–3000 m balandlikdagi toshli va shag‘alli tog‘ yonbag‘irlarda o‘sadi.

Botanik tavsifi Ko‘p yillik o‘simlik turi hisoblanadi.

Uning piyozboshi tuxumsimon, tuklar bilan qoplangan (kamdan-kam hollarda tuksiz); qobig‘i yupqa qog‘ozga o‘xshaydi.

Poyasi tuksiz, balandligi 10-15 sm, tepa qismi uchli va xanjar shaklidagi asosli ikkita yo‘lli chiziqli barglari bor .

Guli yakka holatda,  ikki tomonida oqish-sutli yoki oqish-sariq, siyohrang-yashil; gulbarglarning ichki qismining asosi og‘ishma. Gulning o‘lchami — 2 dan—5 sm gacha yoki undan ortiq bo‘ladi.

Mevasi —  qo‘ng‘ir yoki yashil quticha shaklda.

Aprel oyida gullaydi.

Tutgan o‘rni U bog‘u rog‘larda va parklarda manzarali o‘simlik sifatida yetishtiriladi .

Muhofaza choralari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Chotqol va Zomin qo‘riqxonalarida, Ugom-Chotqol va Zomin milliy tabiat bog‘larida muhofaza etiladi. Bu o‘simlik o‘sadigan yerda mol boqilishini rejalashtirish va uni nazorat ostiga olish lozim.

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston Qizil kitobi