Uchtishli sutlama ( ) — sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) oilasiga mansub ikki pallali o‘simlik turi. Hozirgi taksonomik nomlanishini 1949-yilda rus botaniki Yaroslav Ivanovich Proxanov tomonidan qayd etilganTropicos | Name - Euphorbia triodonta (Prokh.) Prokh .
Sinonimik nomlanishi — Tithymalus triodontus Prokh. basionym.
Qisqacha tavsifi Oʻzbekiston endemigiWorld Checklist of Selected Plant Families: Royal Botanic Gardens, Kew .
Bo‘yi 6–15 sm, tuksiz, ko‘k-yashil rangli, bir yillik o‘t hisoblanadi. Poyasi qisqa, deyarli asosidan shoxlanadi. Poyadagi barglari bandsiz, tekis qirrali, pastki 2 juft barglari qarama-qarshi, qolganlari galma-gal bilan joylashgan, uzunligi 4,5–5 mm, eni 1–1,5 mm. Guloldi barglari qarama-qarshi joylashgan, qalami, uzunligi 10–15 mm, eni 1,5–4 mm, uchta tomirli. To‘pguli ayri bo‘lib shoxlangan, tarvaqaylagan. Ko‘sakchasining uzunligi 3–3,5 mm, eni 2–2,5 mm. Urug‘i cho‘zinchoq, olti qirrali, uzunligi 1,5–2 mm, oqish yoki kulrang tusda bo‘ladi. Aprel oyida gullab, mevasi may–iyun oylarida yetiladi.
Tarqalishi Ushbu o‘simlik turi Surxondaryo viloyati: Surxon Sherobod vodiysi (Sherobod atroflari)da tarqalgan. Gipsli va sho‘r tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Muhofaza choralari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. O‘zbekistonning janubiy hududiga xos juda noyob endemik tur sanaladi.
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston Qizil kitobi