Choi Soon-ho () (1962-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyaning sobiq futbol murabbiyi va futbolchisi.

Xalqaro faoliyati Choi 1980-yilgi Osiyo Kubogi uchun Janubiy Koreya terma jamoasiga kiritilgan. U musobaqada yettita gol urgan, shu jumladan, Quvaytga qarshi ikkita gol va guruh bosqichida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻyinda xet-trikka erishgan. Janubiy Koreya finalda Quvayt bilan yana to‘qnash kelgan, ammo bu safar mag‘lub bo‘lishgan. Choi 18 yoshida Osiyo Kubogi tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylangan.

1981-yil mart oyida Choi 20 yoshgacha boʻlgan Janubiy Koreya termasi bilan 1980-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqgan, unda Choi toʻrtta gol urgan. U oʻsha yili 1981 FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham oʻynagan. Choi birinchi oʻyinda ikki gol va ikkita golli uzatma qayd etib, jamoasiga Italiyani 4:1 hisobida magʻlub etishga yordam bergan. Ammo Janubiy Koreya Ruminiya va Braziliyaga yutqazib, guruh bosqichidan musobaqani tark etgan.

Choi 1986-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Janubiy Koreya terma jamoasiga chaqirilgan. U saralashning sakkizta oʻyinida bitta gol va sakkizta golli uzatma bilan jamoaning 17 golining yarmidan koʻpiga hissa qoʻshgan. Italiya darvozasiga jarima maydonchasi tashqarisida gol urgan. Nihoyat u jahon chempionatida ikkita golli uzatma hamda bir golga mualliflik qilib, Osiyodan tashqarida ham oʻzini koʻrsatgan.

A Seriyaning „Juventus“ klubi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng Choiga qiziqish bildirgan edi. Uning qiziqishi 1986-yilgi Jahon chempionatining oxirigacha davom etgan, ammo Choining jamoasi POSCO Juvening taklifini doimiy ravishda rad etgan.

Oʻyin uslubi Janubiy Koreyada texnik jihatdan eng qobiliyatli hujumchilardan biri sifatida eʼtirof etilgan Cho zarba, dribling, toʻp uchun kurash va pas berish kabi koʻnikmalar boʻyicha tengsiz boʻlgan. Shuningdek, unda yuqori tezlik, maydonni koʻra olish qobilyatlari ham mavjud boʻlib deyarli hech qanday zaif nuqtaga ega emas edi. Choi odatda hujumchi sifatida oʻynagan, ammo vaziyatlar yaratish uchun hujumkor yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolAppsGolAppsGolOʻyinGolOʻyinGolPOSCO Atoms1980Sempiro Ligasi????—????1981Sempiro Ligasi????—????1982Sempiro Ligasi????—????1983K Ligasi22??—??221984K Ligasi2414———24141985K Ligasi52———521986K Ligasi81—10—911987K Ligasi162———162Jami5521??10—5621Lucky-Goldstar Hwangso1988K Ligasi111??——1111989K Ligasi90??——901990K Ligasi81———81Jami282??——282POSCO Atoms1991K Ligasi160———160Rodez1992-93Fransiya2-divizioni182??——182Karyerada jami11725??10??11825

Xalqaro

Yutuqlar

Futbolchilik faoliyatida POSCO Atoms

K ligasi 1 : 1986 Koreya yarim professional ligasi : 1982 Koreya yarim professional ligasi (kuz) : 1981 Koreya milliy chempionatining ikkinchi sovrindori: 1985

Lucky-Goldstar Hwangso

K ligasi 1 : 1990 Koreya milliy chempionati : 1988

Janubiy Koreya U20

Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 1980

Janubiy Koreya

Osiyo oʻyinlari : 1986 OFK Osiyo kubogi gʻolibi: 1980 Dynasty Cup : 1990 Afro-Osiyo Millatlar Kubogi : 1987

Shaxsiy yutuqlar

Osiyo Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 1980 OFK Osiyo kubogi turnirining eng yaxshi jamoasi: 1980 Koreya futbol federatsiyasining eng yaxshi XI : 1980, 1984, 1985, 1986 Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng qimmat futbolchisi: 1980 Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1980 K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 1984 Koreyalik FA yilning eng yaxshi futbolchisi : 1990 K ligasining 30 yilligi uchun eng yaxshi oʻyinchi : 2013

Murabbiylik Hyundai Mipo dockyard

Koreya milliy ligasi : 2007, 2008 Koreya Prezidenti kubogi : 2008

Koreya milliy ligasining eng yaxshi murabbiyi: 2007, 2008 Koreya prezidenti kubogining eng yaxshi murabbiyi: 2008

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1986 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari