yaponiyalik futbolchi. Hozirda u Yaponiyaning WE League klubi Omiya Ardija Ventus jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U Yaponiya terma jamoasi tarkibida 2010-yilgi FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida va 2012-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashadi va FIFA U-17da kumush medal, FIFA U-20da esa bronza medalini qoʻlga kiritadi.

Faoliyati Nakadaning otasi futbol murabbiyi boʻlgan va u otasini qoʻl ostida 6 yoshidan boshlab futbol oʻynay boshlagan.

Boshlangʻich maktabda u oʻz hududidagi eng kuchli klub Fortuna SCga qoʻshiladi.

Oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytlarida esa Yaponiya U-15 jamoasi tarkibida toʻp suradi.

2010-yilda Trinidadda Tobagoda boʻlib oʻtgan U-17 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yaponiyaning U-17 jamoasida tarkibida qatnashadi va jamoasining ikkinchi oʻrinni egallashiga katta hissa qoʻshadi.

2012-yilning bahorida, 18 yoshida u INAC Kobe Leonessa jamoasiga oʻtadi.

U 2012-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritadi.

Mashhurlikka erishishi Koʻp yillar davomida Ayu Nakada Yaponiya ijtimoiy tarmoqlarida qizgʻin muhokamaga sabab boʻlib, oʻzining tashqi koʻrinishi (nafisligi, modelga oʻxshash koʻrinish) bilan koʻpchilikning eʼtiborini ham tortgan edi.

2014-yilda u „Which Japanese female soccer player would you want to date?“ soʻrovida beshinchi oʻrinni egallaydi.

Faoliyat statistikasi

Klub Yil Klub Yoʻq. Boʻlim Liga Liga kubogi Imperator kubogi Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar 2009 Tokiwaki Gakuen High School Soccer Club 19 — — — 3 0 3 0 2010 11 Challenge League East 10 9 — 4 0 14 9 2011 11 13 9 — 2 0 15 9 2012 INAC Kobe Leonessa 13 Nadeshiko 5 0 1 1 1 0 7 1 2013 3 1 1 0 0 0 4 1 2014 21 2 — 0 0 21 2 2015 Nadeshiko 1-divizioni 8 1 — 1 1 9 2 2016 7 0 6 0 2 0 15 0 2017 15 1 9 2 2 2 26 5

Yutuqlari

Klub Tokiwaki Gakuen High School Soccer Club

O‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha milliy chempionat turniri: 2009, 2011-yil Challenge League East: 2010, 2011-yil

INAC Kobe Leonessa

Yaponiya ayollar futbol ligasi : 2012, 2013 Empress’s Cup Butun Yaponiya ayollar futbol chempionati turniri : 2012, 2013, 2015, 2016 Nadeshiko Liga kubogi : 2013-yil Yaponiya va Janubiy Koreya ayollar ligasi chempionati : 2012-yil

Xalqaro Yaponiya U19

U-19 ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 2011

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar