Diyor Akmal oʻgʻli Xolmatov (; 2002-yil 22-iyul, Fargʻona) – oʻzbek futbolchisi, Navbahor klubi va Oʻzbekiston futbol terma jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Ilk yillari Diyor Xolmatov 2002-yil 22-iyul Fargʻonada tugʻilgan. Diyor taniqli futbolchi Akmal Xolmatovning farzandi. U Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2014-yilgi Bahodir Ibrohimov xotira turnirida eng yaxshi yarim himoyachi deb topilgan. 2021-yilgacha Diyor Xolmatov Paxtakor U18 tarkibida harakat qilgan. Paxtakor U18 safida 3 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan. Umumiy hisobda 19 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshiladi. Diyor Xolmatov transfermarktdagi narxi 400 ming yevroni tashkil etadi.
Paxtakor safida U kattalar futbolida Shota Arveladze boshchiligida Oʻzbekiston chempionatida 2020 -yil 28-oktabr kuni „Mashal“ jamoasiga qarshi oʻyinda (4:1) debyut qilgan. 2021-yil oxirida u Oʻzbekistonning eng yaxshi uch nafar yosh futbolchilaridan biriga kiritilgan.
Diyor Xolmatov 2021-yilning 1-yanvar kuni Paxtakorning asosiy jamoasi safiga qoʻshilgan. Diyor Xolmatov 2021-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 19 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol kiritdi va Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Umumiy hisobda 1306 daqiqa maydonda harakat qildi. 2021-yilning 21-dekabrda Paxtakor klubi Diyor Xolmatov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi. Oʻzbekistonning 2021-yildagi futbol boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash uchun sport jurnalistlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Unga koʻra Diyor Xolmatov 71 ball bilan eng yaxshi yosh futbolchilar ichida 3-oʻrinni oldi. Transfermarkt portali va Championat.asia sayti hamkorlikda 2021-yilning eng yaxshilarini aniqlashdi. Unga koʻra Diyor Xolmatov Superliganing eng yaxshi yosh futbochlisi deb topildi. Diyor Xolmatov 2022-yilgi mavsumda Paxtakor safida Oʻzbekiston superligasida 10 ta, Oʻzbekiston kubogida 1 ta va Osiyo chempionlar ligasida 4 ta oʻyin oʻtqazadi. Umumiy hisobda 407 daqiqa maydonda harakat qildi. Keyinchalik u „Paxtakor“ning asosiy oʻyinchisiga aylandi va u bilan toʻrt marta Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi boʻldi. Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan.
Terma jamoadagi faoliyati Diyor Xolmatov Oʻzbekistoning bir qancha yosh toifalarida uynagan. Jumladan: Oʻzbekiston U 19, Oʻzbekiston U 21 va Oʻzbekiston U 23. Diyor 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan. Oʻzbekiston U 21 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 28-may kuni Ukraina U 21 jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Oʻzbekiston U23 jamoasidagi ilk debyut oʻyinini 2021-yil 27-oktabr kuni Saudiya Arabistoni U 23 jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Diyor Xolmatov 2022-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan AFC U-23 Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston U 23 yakuniy 23 ta futbolchidan iborat qaydnomasiga kiritilgan.
Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2022 va 2024-yilgi turnirlarda yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikki marta kumush medalni qoʻlga kiritgan.
U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor 2023-yilning 25-dekabr kuni murabbiy Srechko Katanc boshchiligida Qirgʻizistonga qarshi norasmiy oʻyinda (4:1) maydonga tushgan. U Qatarda boʻlib oʻtadigan 2023-yilgi Osiyo Kubogi uchun Oʻzbekiston terma jamoasiga kiritilgan va Tailandga qarshi turnirda (2:1) bor-yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazgan. JCh-2026 saralash kampaniyasi doirasida u uchta oʻyin oʻtkazgan.
2024-yilgi Parij Olimpiasi oʻyinlari boshlanishi arafasida Temur Kapadze Xolmatovni turnirda qatnashadigan futbolchilarning roʻyxatiga kiritgan.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub safidagi statistikasi +Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasiKlubMavsumLigaMilliy KubokAFCBoshqaUmumiyDvizionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGollarIshtGolPaxtakor2021-yilSuperliga19119160—4422022-yilSuperliga1001040—151Jami191201100—593
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi +Oʻzbekiston terma jamoasiYilIshtGol20231020242Jami30
Yutuqlari Paxtakor: Oʻzbekiston Superligasi chempioni 2020, 2021, 2022, 2023
Paxtakor: Oʻzbekiston Superkubogi sohibi 2021, 2022
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Olimpiya milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar