Mehriddin Razzoqovich Abdullayev (1969-yilda Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik iqtisodchi va huquqshunos.

Faoliyati 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Texnika fanlari doktori (Dsc).

Mehriddin Abdullayev mehnat faoliyatini 1993-yili Markaziy bankning Jondor tumani boʻlimida boshlagan.

1994-1997-yillarda „Paxtabank“ aksiyadorlik-tijorat banki Jondor boʻlimi yetakchi mutaxassisi va bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1997−2003-yillarda Markaziy bankning hududiy boshqarmasi rahbari, Milliy bank raisining birinchi oʻrinbosari, „Asaka“ banki filiali boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2003−2006-yilllar oraligʻida Markaziy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

2010-yildan mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davom ettirdi. 2010−2012-yillarda Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori, 2012−2015-yillarda Moliya vazirining oʻrinbosari, 2015−2016-yillarda Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016−yilda Buxoro viloyati hokimining huquqni muhofaza qilish organlari, yoshlar siyosati faoliyatini muvofiqlashtirish, maʼmuriy masalalar va oʻzini-oʻzi boshqarish organlari birinchi oʻrinbosari, 2017-yilda hokimliklarning boshqaruv tuzilmasi yangilanganidan keyin viloyat hokimining iqtisodiyot va biznes masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2016−2017-yillar oraligʻida Buxoro viloyatining hokim oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

2017-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2020—2023-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan. Mehriddin Abdullayev boshchiligida Bunyodkor klub rahbariyati, futbolchilar va fan klub aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda 2021−2022-yillardagi klubdagi salbiy koʻrsatkichlarni keskin tanqid qildi. Bir vaqtning oʻzida „Bunyodkor“ futbol klubi prezidenti boʻlgan.

2023-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari. 2026-yildan Oʻzbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti. Mukofotlari 2024-yil 24-avgustda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:Neft sanoatidagi odamlar Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar