„Pink Venom“ — Janubiy Koreyaning „BLACKPINK“ qizlar guruhining qoʻshigʻi boʻlib, 2022-yil 19-avgustda „YG Entertainment“ va „Interscope Records“ tomonidan guruhning „Born Pink“ (2022) koreys tilidagi ikkinchi studiyaviy albomining bosh singli sifatida chiqarilgan.
Klip ilk 24 soat ichida YouTube platformasida 90,4 million marta ko‘rilgan. Bu video 2022-yilda birinchi 24 soat ichida eng ko‘p tomosha qilingan klipga aylandi.
Yaratilish tarixi 2022-yil 6-iyulda „YG Entertainment“ kompaniyasi „Blackpink“ o‘zining yangi albomini yozib olishni yakunlayotgani va avgust oyida musiqa klipi chiqishi uchun uni iyul oyi o‘rtalarida suratga olishga tayyorlanayotganini eʼlon qilgan. Shuningdek, leybl K-pop qizlar guruhlari tarixidagi eng katta jahon gastrollarini boshlashini tasdiqlagan. 2022-yil 31-iyulda „YG Entertainment“ guruhning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali albomning video treylerini rasman namoyish etgan. Keyinchalik leybl albomni qoʻllab-quvvatlash uchun ikkita klip ishlab chiqarilganini tasdiqladi. 2022-yil 7-avgustda albomning chiqish oldidagi singli „Pink Venom“ deb nomlanishini va u 19-avgustda namoyish etilishini eʼlon qilgan. 10-avgust kuni Blackpinkning rasmiy ijtimoiy media akkauntlarida barcha aʼzolarning tizerlari eʼlon qilindi. 16-avgustda singl uchun tizerning oʻzi, 17-avgust kuni esa tizer videosi chiqarildi. 19-avgustda „#PinkVenomChallenge“ (guruh muxlislari raqsga tushishi va uni internetga joylashtirishi kerak) taqdimoti bilan birga klipning premyerasi boʻlib oʻtdi.
Kompozitsiyasi „Pink Venom“ komungo kabi anʼanaviy koreys musiqa asboblaridan foydalanadigan hip hop qoʻshigʻi sifatida tasvirlangan. Qoʻshiq matniga haqida gapirilganda, qoʻshiqning misralaridan biri Rihannaning 2005-yilgi debyut „Pon de Replay“ singlidagi „One by one, then two by two“ qatorining interpolyatsiyasi sifatida ijro etilgan. Qoʻshiq minutiga 90 zarba bilan B majorda yozilgan.
Klipi „Pink Venom“ klipi 2022-yil 19-avgustda „Blackpink“ning YouTubeʼdagi rasmiy kanalida namoyish etildi. Klip chiqqanidan atigi uch soat ichida 20 million tomoshaga erishdi. Videoda birinchi xor chogʻida qum boʻroni va Rosé olovli gʻorda gitara chalayotgani kabi turli xil sahnalar koʻrsatilgan.
Tanqidchilar reaksiyasi „NME“ jurnali vakili Tanu I. Raj trekni „jasurona va dadil ijod“ va „yangi davrning istiqbolli anonsi“ deb maqtagan.
Chiqarilish sanalari + Mintaqa Sana Format Leybl Har xil 2022-yil 19-avgustRaqamli yuklab olish Italiya 2022-yil 26-avgust Zamonaviy xit radio Universal AQSH 2022-yil 30-avgust YG Interscope
Mukofotlar va nominatsiyalar +Musiqiy dasturlarDasturSanaHavl.Show Champion24-avgust 2022M Countdown25-avgust 2022 + Melon Popularity Award Sovrin sana Havl. Weekly Popularity Award 2022 yil 29 avgust Manbalar
Turkum:K-pop qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar