Avstriya Archgersoginyasi Immaculata ( archduchess Immaculata 1892-yil 9-sentyabr — 1971-yil 3-sentyabr) avstriyalik archduke Leopold Salvatorning qizi. U Habsburg imperatorlik uyining Toskana boʻlimi aʼzosi, Avstriya archgersoginyasi va Toskana malikasi edi. Avstriya-Vengriya imperiyasi qulagandan keyin Barselonada, 1930-yillardan to umrining oxirigacha Italiyada surgunda yashagan. 1932-yilda u italiyalik aristokrat Igino Neri-Serneri bilan oila qurgan. Er-xotinning farzandi boʻlmagan.

Yoshlik link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d9/Blanka_von_Castilien_mit_ihrer_Tochter_Maria_Immatikulata.jpg/250px-Blanka_von_Castilien_mit_ihrer_Tochter_Maria_Immatikulata.jpg|left|thumb|371x371px| Archduchess Immaculata va uning onasi Blanka . Archduchess Immaculata 1892-yil 9-sentyabrda oʻsha paytda Avstriya-Vengriya imperiyasining bir qismi boʻlgan Galisiyaning Lemberg shahrida tugʻilgan. U Avstriyaning Archduke Leopold Salvator (1863-1931) va uning rafiqasi ispaniyalik Infanta Blankaning (1868-1949) ikkinchi farzandi edi. Tugʻilganida unga Mariya Immaculata Karolin Margaret Blanka Leopoldin Beatriks Anna ismi berilgan. Uning ismi 1899-yilda vafot etgan otasi tomonidan buvisi, Burbon-Ikki Sitsiliya malikasi Mariya Immaculata sharafiga qoʻyilganHarding, Lost Waltz, p. 294.

Archgersoginya Immaculata Gabsburg monarxiyasining soʻnggi davrida yashagan. U yaxshu taʼlim olgan. Uning otasi armiyada faoliyat yuritga va bir qator harbiy patentlarga ega boʻlgan ixtirochi edi. Oilada onasi boshliq edi. Immaculataning ota-bobolari Avstriya, Toskana va Ikki Sitsiliya Qirolligida hukmronlik qilganlar. Infanta Blankaning oilasi Ispaniya, Parma, Modena, Portugaliya va Fransiyada hukmronlik qilgan.

Archgersoginya Immaculata opasi Dolores va Margaretalar bilan birga taʼlim olganHarding, Lost Waltz, p. 115. Immaculataning oilasi ziyoli ediHarding, Lost Waltz, p. 276. Gabsburg anʼanalariga rioya qilgan turli xil musiqa asboblarni chala olgan. U ajoyib pianinochi ediHarding, Lost Waltz, p. 97. Nemis tili bilan bir qatorda fransuz, ispan venger va italyan tillarini ham oʻrgangan. Immaculata uyatchan va ehtiyotkor ediMateos Sainz de Medrano, An Unconventional Family, p. 15. Oila Venadagi Toskana saroyida va Schloss Wilhelminenbergdagi mulklarda yashagan. Taʼtilni Italiyada Infanta Blancaning Viaregjio yaqinidagi qishloq mulkida oʻtkazishgan. Birinchi jahon urushi paytida Avstriyaning Archduke Leopold Salvator va ikkita katta oʻgʻli Avstriya-Vengriya armiyasi bilan birgalikda jang qilishgan . Archgersoginya Immaculata mojaro paytida Qizil Xoch hamshirasi boʻlib ishlaganMcIntosh, The Unknown Habsburgs, p. 52.

Surgun Avstriya respublika hukumati Gabsburglarning mulklarini musodara qilgan. Oila butun boyligini yoʻqotganMcIntosh, The Unknown Habsburgs, p. 48. Immaculataning ikkita katta ukasi, Archduke Rayner va Leopold Avstriyada qolishga qaror qilib yangi respublikani tan olishgan. Oilaning qolgan aʼzolari Ispaniyaga koʻchib oʻtishgsn. Oila Barselonada juda kamtarona yashagan. Dastlab ular uyni ijaraga oldilar, unda qizlar yotoqxonada onalari bilan, oʻgʻil bolalar esa otalari bilan birga turishgan. Oilaning iqtisodiyoti Avstriyaning Archgertsog Leopold Salvatorning harbiy patentlaridan tushgan daromad bilan yaxshilangan. Ikkinchi Ispaniya Respublikasi davrida Ispaniyadagi siyosiy gʻalayon oilani yana Avstriyaga koʻchirishga majbur qildi. Venaga qaytish uchun ular qirollik unvonlaridan voz kechishgan.

Archduchess Immaculata Avstriyada uzoq qolmaganHarding, Lost Waltz, p. 218. 1932-yil 14-iyulda italyan aristokrati Nobile Igino Neri-Serneriga (1891-yil 22-iyul — 1950-yil 1-may) turmushga chiqdiMcIntosh, The Unknown Habsburgs, p. 48. Er-xotin Rimda yashashganHarding, Lost Waltz, p. 276. Archgersoginya va uning eri qirqdan oshgani uchun farzandli boʻla olishmagan. Ikkinchi jahon urushi paytida ular Rimda ogʻir sharoitda qolishganHarding, Lost Waltz, p. 294. Oʻn sakkiz yillik turmushdan soʻng, Igino Neri-Serneri 1950-yilda vafot etgan. Archduchess Immaculata 1971-yil 3-sentyabrda 78 yoshida vafot etgan.

Ajdod

Manbalar

Turkum:1971-yilda vafot etganlar Turkum:1892-yilda tugʻilganlar